A+
A
A-

 

    2018 yil 1 noyabr kuni institut faollar zalida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samarodorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning  16-bandida talaba va o‘quvchilar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Globallashuv sharoitida diniy bag‘ri kenglik va millatlararo munosobatlar!” mavzusidagi ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.R.Shodiyev, Diniy ishlari bo‘yicha Navoiy shahar imom xatibi o‘rinbosari M.Muhammadiyev, Navoiy viloyat ichki ishlar bo‘limi xodimi X.Muxammadiyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat kengashi raisi o‘rinbosari D.Qodirov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Usmonov, Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Quvondiqova, fakultet dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar  va talaba yoshlar ishtrok etishdi.


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus