A+
A
A-

 

 

     Joriy yilning 30 oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) DUK va Navoiy viloyat kichik sanoat zonasi (KSZ) direksiyalari rahbar va xodimlari uchun “Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar mahkamasining farmon va qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida” Navoiy viloyat hokimligi bilan birgalikda o‘quv semenar tashkil etildi.

Ushbu seminarda institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, i.f.n., Zoyirov Zayniddin Xudoyqulovich “Kichik sanoat zonalarning respublika iqtisodiyotidagi va hududlarni rivojlantirishda tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusida taqdimot ma'ruza qildi.

Seminar yakunida (EIZ) DUK va (KSZ) direksiyalari rahbar va xodimlari tomonidan keyingi seminar sanoat zonasining o‘zida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi bildirilib, bir ovozdan ma'qullandi.


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus