A+
A
A-

 

     Institut professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar o‘rtasida “Islomda ekstrmizim va terrorizimga o‘rin  yo‘q!” mavzusida tadbir bo’lib o‘tdi.Institutning “Ma'naviyat va ma'rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.b S.Shodiyev tadbir ishtrokchilarni mehmonlar bilan tanishtirdi.Tadbirdan   maqsad zararli g‘oya va mafkuralar ta'siri ostiga tushib qolmaslik,institut kutubxonasida mavjud bo‘lgan barcha adabiyotlarni o‘qib-o‘rganishdir. Bu tadbirlar respublikamizdagi barcha ta'lim muassasalarida namoiysh etilmoqda. So‘z navbatini Din ishlari bo‘yicha Navoiy shahar imom xatibi o‘rinbosari Muzaffar Rahmonov o‘z ma'ruzasini bayon etar ekan, ming afsuski, bugungi XXI asrda ham dunyoda mana shunday buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar dunyoga tahdid solayotgani, tinchlik va barqarorlikni ko‘pgina mamlakatlarda izdan chiqarayotgani dunyo ahlida katta tashvish uyg‘otayotganligi haqida gapirib berdi. Mana shunday vaziyatda ilmning naqadar ahamiyati beqiyos ekanini alohida e'tirof etdi. Shunday ekan talaba-yoshlar bugun oliy ta'limda yaxshi bilimlarni egallashi, ustozlarning har bir o‘gitlariga qat'iy amal qilish zarurligini aytdi. Diniy ekstrimiz va terrorizm bugun paydo bo‘lmaganli, uning tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqalishi haqida fikr yuritdi. Ayniqsa bugungi kunda islom dini niqobi ostida o‘zlarining manfur niyatlarini amalga oshirishga harakat qilayotgan islom fundamentalistlarining, aniqroq aytganda, ISHID deb o‘zlariga nom berib, Iroq va Suriyaning ko‘pgina hududlarini o‘zlarining ta'sir doirasiga olib, ko‘pgina odamlarning umriga zomin bo‘layotgan aqidaparastlarning asl maqsadlari nima ekanligini talabalarga keng ma'lumot berdi. Ayrim aqidaparastlarning dinni noto‘g‘ri talqin etib, odamlarni ongiga “jihod”, “shahid” kabi tushunchalarni singdirishga harakat qilayotganlarni o‘zlari islomni yaxshi anglamasliklari, aslida bu tushunchalarning mohiyati butunlay boshqa ekanligi tushuntirildi,  bizning mamlakatimizda yurtboshimizning tashabbuslari bilan diniy erkinlikka katta yo‘l ochib berilganligini alohida e'tirof etdi.Navoiy viloyati prokuraturasining bo‘lim prokurori Dilshod Ergashov so‘zida eng avvalo huquqbuzarlik, jinoyat kabi tushunchalar o‘zi nima, ularning shakllanishi va kelib chiqish omillari haqida alohida to‘xtaldi.

              

Navoiy viloyati Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Abdulla Norov so‘zga  chiqdi.Vatanimiz osoyishtaligi uchun barcha huquq-targ‘ibot organlari tinimsiz ish olib borayotganligi haqida gapirib o’tdi. Ma'ruza yakunida diniy ekstremizmning salbiy illatlari,bugungi kunda internet tizimidan oqilona foydalanish, mobil telefondan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olishga targ‘ib qiluvchi “Qimmatga tushgan qiziqish” deb nomlangan videolavhalar namoyish etildi.


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus