TARIX KAFEDRASI
MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI KAFEDRASI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
60111100 -Tarix o’qitish metodikasi
60112100 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq talimi
60920100 – Ijtimoiy ish
70111101 – Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix)
Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 15 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. SHuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida sillabus va fan dasturlari yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Fakultetda 1 ta kompyuter sinfi, 4 ta videoproektor, 5 ta elektron doska mavjud.
2023-2024-yillarda fakultet olim va tadqiqotchilari 4 ta nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Faqat shu davrning oʻzida fakultet professor-oʻqituvchilari 2 ta darslik 14 ta monografiya, 13 ta oʻquv qoʻllanmalari va koʻplab boshqa oʻquv adabiyotlari yaratdilar.
Tarix fakultetida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi olib borilayotgan faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli hamda 2019 yil 3 mayda qabul qilingan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qarorlaridan kelib chiqib institutda mazkur o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan yillik ish reja, fakultetning tuzilgan yillik ish rejasi asosida yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorining ahamiyatli tomoni shundaki, bu muhim hujjat faoliyatimizning asosiy yo‘nalishini belgilab beradi, unda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimi esa yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari deb yuritilishi ta’kidlangan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari viloyat shahar va tumanlaridagi mahallalarda, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, tashkilot va idoralar hamda harbiy qismlarda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatini keng aholiga etkazish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib borishga rejali jalb qilingan. O‘tgan davr mobaynida professor-o‘qituvchilar joylarda 200 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda dolzarb mavzular bilan ishtirok etganlar.
Ushbu fakultetda kundusgi va sirtqi ta’lim shaklida 69 ta akademik guruh mavjud bo‘lib, 1-3 kurs talabalariga tyutorlar, 4-kurslarga esa fakultetning professor-o‘qituvchilaridan murabbiy etib tayinlangan. SHuningdek, fakultetda xotin qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi, va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ham talabalar bilan muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. Bundan tashqari professor-o‘qituvchilari viloyat miqyosidagi korxona, tashkilot va muassasalarda jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy va ma’naviy sohadagi islohotlarning mohiyatini targ‘ib etish maqsadida ma’ruzalar o‘qib kelmoqda.
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultetdagi “Tarix o‘qitish metodikasi”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedralarida qoshida fan to‘garaklari mavjud. “Tarix” kafedrasida “Tarixchi” (a’zolari soni 102 nafar), “ Yosh manbashunoslar” (a’zolari 68 nafar) “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi qoshida “Yosh huquqshunos” (a’zolari soni 44 nafar), “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” (a’zolari soni 30 nafar), “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi qoshida “Yosh faylasuflar” (a’zolari soni 34 nafar) kabi ilmiy to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.
Fakultetda iqtidorli talabalar bilan samarali ishlash yo’lga qo’yilgan va talabalar turli sohada yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar. Muntazam ravishda fakultet talabalari respublika nufuzli tanlovlarida g’oliblikni qo’lga kiritib kelmoqda. 2022-23 o’quv yilida Sayitmurodova Feruza, Amonboyeva, Fariza, Sayfiyeva Bog’dagullar nomdor nomdor stipendiyasi sovrindori bo’lishgan.
Ramatov Murat, Qalandarov Hasan, Sultonmurodsov Kamron, Shodiyeva Aziza “Yilning eng faol talabasi 2024” sohibi bo’ldi. Abdusdalomova Gulnoza, Sherbo’tayeva Gulhayo, Qalandarov Hasanlar Parasport turlari bo’yicha respublikas chempioni bo’lishgan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.