loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi

F.I.O.Qurbanov Xurshid Raupovich
Lavozimi"Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi direktori
Ilmiy darajasi va unvoniTarix fanlari nomzodi
Telefon+998 79 225-21-99
E-mailinfo@nspi.uz

Ekspozitsiyani boyitishda Navoiy viloyatining “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasida 2 ta (2018 yil 17 aprel № 31, 4 may 37 son), Qiziltepa tumanining “Qiziltepa tongi”, Karmana tumanining “Karmana ovozi” (2018 yil 5 may № 14), Xatirchi tumanining “Xatirchi hayoti” (2018 yil 20 aprel № 16), Nurota tumanining “Nurnoma” (2018 yil 20 aprel № 11) gazetalarida turkum maqolalar e’lon qilingan.Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan NDU (NDPI) tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” haqida 2018 yil aprel oyida “Qatag‘on” (13 daqiqa, 2 marta), “Moziy ko‘zgusi”  (23 daqiqa, 2 marta), O‘zbekiston 24 kanalining “Zamin” ko‘rsatuvida 2018 yil 6 may (20 daqiqa) studiyalarida ko‘rsatuvlar olinib, televideniya orqali har biri ikki martadan namoyish etildi. O‘zbekiston radiosi orqali eshittirish berildi.“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 936 – son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat universiteti (instituti) tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirildi.

MA’LUMOT

Navoiy davlat universiteti (instituti) tuzilmasida qaror talablaridan kelib chiqib Muzey tashkil etilishi munosabati bilan oliy ta’lim muassasasi Ustaviga hamda institut tuzilmasiga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilgan.Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining namunaviy tuzilmasi asosida ish rejasi ishlab chiqilgan, reja Institut kengashining 2017 yil 30 dekabrdagi7-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan va tegishli topshiriqlar belgilangan.Hududiy muzey direktorini tayinlash to‘g‘risida institut rektorining 2018 yil 8 yanvardagi 10-MVV-son buyrug‘i chiqarilgan. Unga asosan, tarix fakulteti dekani v.b., tarix fanlari nomzodi Qurbonov Xurshid Raupovich muzey direktori lavozimiga vazifa bajaruvchi etib tayinlangan. Navoiy viloyati hokimligida 2018 yil 8 fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 936-son qarori tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan va bayonnoma tasdiqlangan.Viloyat hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda shahar va tuman hokimliklari, ma’naviyat va ma’rifat markazining bo‘limlariga, viloyat arxitektura va qurilish boshqarmalari, viloyat tarixi va madaniyati muzeyiga, televideniya va boshqa tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilgan.Hududiy muzeyni tashkil etish va ekspozitsiyalarni yaratish bo‘yicha institutda 28 nafar yetakchi olimlar va mutaxassislar a’zoligida ishchi guruh tashkil qilingan, institut rektori tomonidan tasdiqlangan. Ishchi guruh hozirda belgilangan topshiriq asosida ishlamoqda.Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining namunaviy tuzilmasi asosida reja ishlab chiqilgan va shu asosida ishlar amalga oshirilmoqda.Hozirda muzeyda direktor va 3 nafar malakali kadrlar faoliyat olib bormoqda. Ular: I.Shodiyev, sharqshunos (arab va fors tillari mutaxassisi), O‘.Oripov, f.f.n., dotsent (filologiya fan nomzodi), D.Soibov tarixchi (magistr) qabul qilingan.Oliy ta’lim muassasasining hududiy muzeyni saqlash uchun ajratiladigan byudjetdan tashqari mablag‘lari to‘lov kontrakt miqdorining oshirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.Institut moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan 4 shtat birligida jami 73658,0 ming so‘m yillik ish haqi fondi xarajatlari bo‘yicha tuzilgan shtatlar jadvali tasdiqlangan. Hozirda barcha muzey xodimlari oylik maosh bilan ta’minlangan.Shuningdek, 256,4 mln. So‘mlik muzeyni saqlash va moddiy texnik bazasini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, birja savdolari orqali sotib olish rejalashtirilgan.Hozirda muzeyga ajratilgan 400 kv.m. 7 ta xonani kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Muzey xodimlari joylashgan xonalar zarur aloqa vositalari, internet tarmog‘i bilan ta’minlangan.Namunaviy mavzuli reja Markaziy muzeydan asos sifatida olingan va hududga moslashtirilib, yangilangan.Muzey ekspozitsiyasi uchun materiallar to‘plash bo‘yicha institut kengashi  moliya iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor, muzey bo‘yicha mas’ul bo‘lgan tarixchilar, ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i, barcha fakultet dekanlariga tegishli vazifalar yuklatilgan.Hozirgi vaqtda Tarix fakulteti binosining birinchi qavatida tashkil qilinishi rejalashtirilgan xonalarda qurilish va ta’mirlash ishlari boryapti. Xodimlar (direktor, fond, ekskursovod, zal nazoratchisi) uchun alohida xonalar ajratilgan.Muzeyga kirish uchun alohida kirish eshigi, foye ta’mirlanmoqda.Muzey ekspozitsiyasini boyitish maqsadida viloyatdagi turli tashkilotlarga rasmiy xatlar orqali murojaat qilingan (tuman hokimlari, viloyat tarixi va madaniyati muzeyi, viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi, viloyat teleradiokompaniyasi).

Hozirda muzey ekspozitsiyasi uchun yig‘ilgan ashyolar va hujjatlar:

  • Kitoblar – 100 dan ortiq
  • Arxiv hujjatlari asli – 100 betdan ortiq
  • Arxiv hujjatlar nusxalari – 300 betdan ortiq
  • O‘sha davrga oid diniy va arab imlosidagi kitoblar – 6 ta
  • Qatag‘on bo‘lgan yurtdoshlar haqida ma’lumot va suratlar – 30 dan ortiq
  • O‘sha davrlarga oid osori-atiqalar (uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyimlar) – 40 dan ortiq
  • Sovetlar hukmronligi yillari davriga oid orden va medallar – 10 dan ortiq
  • Sovetlar davriga tanga va pullar – 50 dan ortiq
  • Navoiy viloyatining qadimgi davriga oid ashyolar – 10 dan ortiq
  • Kartina va suratlar – 10 dan ortiq
  • Sovetlar hukmronligi yillariga oid rasmiy matbuot – 50 sahifaga oid
  • Chor Rossiyasi va sovetlar hukmronligi yillariga oid suratlar (uylar, aholi turmushi, surgun jarayontalri, qatag‘onlar, tabiat va b ) – 50 dan ortiq
  • Mustaqillik davriga oid suratlar – 50 dan ortiq
  • Qatag‘onlik davriga oid videoroliklar – 10 dan ortiq
  • Shuningdek, tuzilgan shartnomalar:
  • “Absolyut servis” MCHJ bilan (vagon, lager, yerto‘la) maketlarini yasash uchun – 3.560.000 so‘mlik;
  • Respublika Badiiy akademiyasi Navoiy viloyati bo‘limi bilan (6 dona kartina) – 3.66.000 so‘mlik;
  • “Hunarmand” YATT bilan (yog‘ochdan yasalgan qandil) – 3.200 so‘mlik;
  • “Hunarmand” YATT bilan (yog‘och o‘ymakorligida ishlangan 2 dona kirish eshigi) – 17.000.000 so‘mlik;
  • Muzey eksponatlarini qo‘yish uchun shkaf va stellajlar uchun – 55.000.000 so‘mlik shartnomalar imzolangan.

Ekspozitsiyani boyitishda Navoiy viloyatining “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasida 2 ta, Qiziltepa tumanining “Qiziltepa tongi”, Karmana tumanining “Karmana ovozi”, Xatirchi tumanining “Xatirchi hayoti”, Nurota tumanining “Nurnoma” gazetalarida turkum maqolalar e’lon qilingan.

Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan  NDU (NDPI) tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” haqida 2018 yil aprel oyida “Qatag‘on” (13 daqiqa), “Moziy ko‘zgusi”  (23 daqiqa), O‘zbekiston 24 kanalining “Zamin” (20 daqiqa) studiyalarida ko‘rsatuvlar olinib, televideniya orqali har biri ikki martadan namoyish etildi. O‘zbekiston radiosi orqali eshittirish berildi.