loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI

F.I.O. Allaberdiyev Alijon Avezberdiyevich
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvonif.f.n.
Telefon+998 79 225-19-70
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Mansurova Nodira Bobojonovna
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-19-70
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Bozorov Qilich Qodirovich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-19-70
E-mailinfo@nspi.uz

Fakultet haqida

Fakultet kafedralari:

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
O’zbek tilshunosligi kafedrasi

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60111400 – O`zbek tili va adabiyoti
60111500 – Qoraqalpoq tili va adabiyoti

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70111401 – O`zbek tili va adabiyoti

Professor - o`qituvchilar soni42
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR5
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR24
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR13
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT76%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

 Fakultet binosining umumiy sig‘imi 450 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. Fakultetda jami 10 ta o‘quv auditoriyasi mavjud bo‘lib, shundan ma’ruza xonasi 4 ta, amaliyot xonasi 6 tani tashkil etadi. Ma’ruza mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun 3 ta xona elektron doska bilan jihozlangan.  Shuningdek fakultetning 2 ta kafedrasida ham ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini yanada qiziqarli va ko‘rgazmali tarzda tashkil etish uchun proyektorlar mavjud.  Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Fakultetning 2025-yilda bitiruvchi kurs talabalari 429 nafarni tashkil qilib, ularning 417 nafari bakalavr, 12 nafari esa magistrlardir.

2024-yilda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti G.Boltayeva filologiya fanlari doktori (DSc), kafedra o‘qituvchilari M.Shamuratov, E.Boymanov filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori A.Xolmurodov va kafedra dotsenti S.Muqimova tomonidan 2 ta darslik va bitta monografiya va 1 ta lug‘at yaratilgan. M.Shamuratov filologiya fanlari doktori (DSc), N.Mansurova va F.Nizomovlar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzulari  bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 2024-yilda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Y.Qurbonova pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra mudiri,dotsent B.P.Zaripov tomonidan 1 ta monografiya, kafedra professori, f.f.d. N.Q.Murodova tomonidan 1 ta dialektologik atlas, kafedra professori v.b., f.f.d.(DSc) R.N.Yusubova tomonidan 1 ta o‘quv qo‘llanma, kafedra dotsenti, p.f.n.X.Q.Qurbonova tomonidan 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, kafedra dotsenti v.b.,f.f.n. O‘.A.Oripov tomonidan 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, kafedra dotsenti, f.f.f.d.(PhD) R.J.Sharopova tomonidan 2 ta o‘quv qo‘llanma, kafedra dotsenti, f.f.f.d.(PhD) 1 ta o‘quv qo‘llanma, kafedra professori v.b., f.f.d.(DSc) 1 ta monografiya, kafedra katta o‘qituvchisi, f.f.f.d.(PhD) J.U.Yuldashev 1 ta monografiya, kafedra o‘qituvchisi, p.f.f.d.(PhD) Y.Q.Qurbonovalar 1 ta monografiya, jami 4 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llamma hamda 1 ta dialektologik atlas universitet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlandi.

   Fakultetda universitet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yillik  ishlar rejasi mavjud bo‘lib, shu asosida professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar tomonidan haftaning  har juma kunlari “Axborot va tyutorlik soati” darslari  namunali tashkil etiladi. Bundan tashqari, yillik reja va rejadan tashqari ko‘plab tadbirlar tashkil qilinadi. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, “Ota-onalar kongressi , Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling!” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etiladi.  Hozirda fakultetda 1307 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 92 nafari talabalar turar joyida  yashaydi, 778 nafari ijarada yashaydi, 437 nafari o‘z uyida istiqomat qiladi. Universitet ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kechki navbatchiliklar tashkil qilingan.

O’zbek tili va adabiyoti fakultetida jami 86 nafar iqtidorli talaba bo’lib, ularning barchasi kaferda professor o’qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.  Iqtidorli talabalardan Muslixiddinova Raxshona, Raxmonova Umeda, Baxronova Iroda, Sayfullayeva Fotima va Omonova Sevinchlar  nomdor stipendiya sohiblaridir.

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Qoraqalpoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari