loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi

F.I.O.Abuyev Xusan Odilovich
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvonit.f.f.d (PhD)
Telefon:+998 94 254-75-01.
E-mail:husan24@mail.ru
Kafedra haqida:
O’quv-metodik ishlari: 
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari:
O`qitiladigan fanlar:
Kafedra tarkibi:
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi 1991- yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan va “Tarix va huquq” nomi bilan atalgan. Kafedra 1999- yildan “Huquqshunoslik”, 2002- yildan “Huquqshunoslik, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, 2004- yildan “Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari” deb nomlangan. Kafedrani 1991- yildan 2004-yilgacha yuridik fanlari nomzodi, dotsent A.Fozilov, 2004-yildan 2010-yilgacha tarix fanlari doktori, professor S .Inoyatov mudir sifatida boshqargan. 2010- yil mart oyida kafedra “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” va “Davlat va huquq asoslari” kafedralariga bo’lindi. “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasiga tarix fanlari doktori, professor S.Inoyatov va “Davlat va huquq asoslari” kafedrasiga esa yuridik fanlari nomzodi X.Isanov rahbarlik qildilar. Kafedra 2011- yil fevralda yana qayta birlashib, unga shu vaqtdan 2011-yil dekabrgacha yuridik fanlari nomzodi X.Isanov rahbarlik qilgan. Kafedraga 2011- yil dekabrdan 2012- yil fevralgacha  katta o’qituvchi U.O’tamurodov, 2013- yil mart oyidan. 2015- yil dekabrigacha falsafa fanlari nomzodi U.Imomov mudirlik qilgan. 2015 – yil dekabrdan 2020- yil aprelgacha f.f.n. Z.Haitov mudirlik qilgan. 2020 yil apreldan 2022yil 18 noyabrgacha dots. A.Qandaxarov mudirlik qilgan. 2022 – yil noyabrdan  t.f.f.d., dotsent  X.Abuyev mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedrada o’zbek, rus va qozoq tillarida barcha bakalavr ta’lim yo’nalishlariga “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Sotsiologiya” kabi fanlardan hamda  Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, Konstitutsiyaviy huquq, Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, Ma’muriy huquq, Etnomadaniyat, Geosiyosat asoslari, Globallashuv asoslari, Fuqarolik huquqi, Oila huquqi, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish metodikasi, Mehnat huquqi, Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, Huquq fanlarini o’qitish metodikasi, Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, Ma’naviyatshunoslik, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalari va loyixalashtirish, Huquq fanlarini o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish, Xalqaro huquq, Globallashuv asoslari, Jinoyat huquqi, Ekologiya huquqi, Inson huquqlari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi, Diniy eksterimizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy- ma’rifiy asoslari”, kabi fanlaridan dars o’tib kelinmoqda. O’tiladigan fanlar bo’yicha namunaviy o’quv dasturlari mavjud bo’lib, hozirda kafedrada 20 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda.  Shulardan 3 nafari  dotsent, 5 nafar fan nomzodi, 9 nafar katta o’qituvchi va 3  nafar fan o’qituvchilaridir.

Kafedra professor-o’qituvchilari quyidagi mavzularda tadqiqot ishlarini olib bormoqda:

  • Dotsent H.Abuyev. Ilmiy tadqiqot mavzusi – “ХХ asr 80-yillari hamda 90-yillari boshlarida O’zbekiston SSRda ijtimoiy va siyosiy jarayonlar” (07.00.01 – O’zbekiston tarixi), ilmiy maslahatchi – tarix fanlari doktori, professor Q.Rajabov.
  • Dotsent M.Raxmatov Ilmiy tadqiqot mavzusi-“Mustafa Cho`qay, Validiy va Usmon Xo`janing Turkiston mustaqilligi uchun kurashdagi faoliyati (XX asr birinchi yarmi)”(07.00.01 – O’zbekiston tarixi)-(2021/1 OAK byulleteni), ilmiy maslahatchi – tarix fanlari doktori, professor Q.Rajabov.
  • Dotsent N.Daminov. Ilmiy tadqiqot mavzusi –“Toshkent, Sirdaryo viloyalari va Toshkent shahrida ijtimoiy-madaniy sohalaridagi aloqalarning rivojlanish tarixiy tahlili (1991-2021yy)”(07.00.01 – O’zbekiston tarixi), ilmiy maslahatchi – tarix fanlari doktori, professor Shodmon Hayitov
  • f.f.n M.Minavarova Ilmiy tadqiqot mavzusi-”Milliy g’oya ma’naviy ildizlarining adabiy merosda namoyon bo’lishi”, ilmiy maslahatchi –professor A.Erkayev
  • Katta o’qituvchi f.f.f.d(PhD) N.Egamberdiyeva Ilmiy tadqiqot mavzusi-“Oilada yoshlar muomala madaniyatini rivojlantirishda ma’naviy-axloqiy imperativlarning o’rni”(2023/4 OAK byulleten)- ilmiy maslahatchi-professor O. G’aybullayev
  • p.f.f.d(PhD)v.b.dotsent Q.Qandaxarov Ilmiy tadqiqot mavzusi-“Talabalarda fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirishda electron ta’lim muhitining o’rni”-ilmiy maslahatchi-professor X.Ibragimov
  • Katta o’qituvchi f.f.f.d(PhD)R.Karimova Ilmiy tadqiqot mavzusi – “Mustaqillik falsafasi mamlakat milliy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning g’oyaviy mafkuraviy asosi” mavzusida 09.00.04–“. Ilmiy rahbar professor N.Muhammadiyev.
  • Katta o’qituvchi f.f.f.d(PhD) F.Xudjaqulova. Ilmiy tadqiqot mavzusi –“O’zbekiston taraqqiyotining yuksalish bosqichida o’quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini shakllantirish” mavzusida 09.00.04–“ Ilmiy rahbar professor N.Muhammadiyev.
  • Katta o’qituvchi O.Eshdavlatov. Ilmiy tadqiqot mavzusi – “Globallashuv sharoitida O’zbekiston yoshlarining dunyoqarashi va qadriyatlar tizimining o’zgarib borishi” (siyosiy-falsafiy tahlil)-Ilmiy rahbar professor V.X.Qo’chqarov
  • Katta o’qituvchi N. Nematova Ilmiy tadqiqot mavzusi – “Mustaqillik yillarida Navoiy viloyatining madaniy taraqqiyoti (1991-2023)” -Ilmiy rahbar professor S.Inoyatov
  • Katta o’qituvchi H. O’sarov Ilmiy tadqiqot mavzusi “Quyi Zarafshon vohasida sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining faoliyati(1950-1980 yy)”Ilmiy rahbar professor N. Musayev
  • Katta o’qituvchi Sh.Qahhorov Ilmiy tadqiqot mavzusi – “ Amir Temur va temuriylar hukumronligi davrida megratsiya tarixi(XIV asrning 70-yillardan-XV asrning oxirigacha)” – Ilmiy rahbar professor Sh.Hayitov
  • Katta o’qituvchi O’.Shonazarov.Ilmiy tadqiqot mavzusi –“Yangi O’zbekiston sharoitida yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy talqini “- Ilmiy rahbar falsafa fanlari doktori O’.Tilavov
  • Katta o’qituvchi G.Nunnanova Ilmiy tadqiqot mavzusi –“Yusuf Hamadoniy ta’limotida borliq haqidagi g’oyalarning falsafiy tahlili”- Ilmiy rahbar falsafa fanlari doktori, professor G.N.Navro’zova
  • Katta o’qituvchi G.Sultonova Ilmiy tadqiqot mavzusi –“Davlat xizmatchilarining kasbiy madaniyati tizimida ma’naviy-axloqiy texnologiyalardan foydalanish” – Ilmiy rahbar falsafa fanlari doktori, professor O’.Tilavov
  • Katta o’qituvchi U.Utamuradov. Ilmiy tadqiqot mavzusi –“O’zbekistonda XX asrning so’nggi choragida o’rta ta’lim tizimi (muammolar, islohotlar)” (07.00.01 – O’zbekiston tarixi), ilmiy rahbar – tarix fanlari doktori, professor A.Mavrulov.
  • O’qituvchi J.Arziqulov Ilmiy tadqiqot mavzusi -”XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko`rgazma va yarmarkalarning Turkiston iqtisodiy hayotidagi o`rni”-ilmiy rahbar tarix fanlari doktori, professor Sh.Hayitov
  • O’qituvchi V.Ashirov Ilmiy tadqiqot mavzusi –“Navoiy sanoat zonasi shaharlari aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush darajasi” (07.00.01 – O’zbekiston tarixi), ilmiy maslahatchi – tarix fanlari doktori, professor Q.Rajabov.
  • O’qituvchi M.Abduraimova Ilmiy tadqiqot mavzusi – “XVIII-asrning ikkinchi yarmi 20-asr boshlarida Buxoro amirligi hududida tog’-kon sanoati tarixi”- ilmiy rahbar dotsent A. Qandaharov.

Bakalavriat:

  • O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati
  • Sotsiologiya
  • Davlat va huquq nazariyasi va tarixi
  • Konstitutsiyaviy huquq
  • Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi
  • Ma’muriy huquq
  • Jinoyat huquqi
  • Geosiyosat asoslari
  • Fuqarolik huquqi
  • Oila huquqi
  • Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish metodikasi
  • Mehnat  huquqi
  • Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti
  • Huquq fanlarini o’qitish metodikasi
  • Xalqaro huquq
  • Ekologiya huquqi
  • Inson huquqlari
  • Diniy eksterimizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari
  • Islom dini ma’naviyati va asoslari
  • Ijtimoiy ta’minot huquqi
  • Ijtimoiy hayot va din
  • Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili
  1. Abuyev Xusan Odilovich,  –  t.f.f.d., dotsent
  2. Raxmatov Murod G’aybullayevich, –  t.f.f.d., dotsent
  3. Daminov Nabi Abdualimovich,  – t.f.f.d., dotsent
  4. Minavarova Musfera Ideyevna-f.f.n
  5. Utamurodov Umarjon Muhammadqulovich, –  katta o’qituvchi
  6. Qaxxorov Shuxrat Xudoyberdiyevich, – katta o’qituvchi
  7. Qandaxarov Qaxramon Xasanovich, – katta o’qituvchi p.f.f.d (PhD)
  8. Karimova Ra’no Malikovna, – katta o’qituvchi f.f.f.d (PhD)
  9. Eshdavlatov Otaniyoz G’offorovich, – katta o’qituvchi
  10. Sharipova Nodira Choriqulovna, – katta o’qituvchi
  11. Usarov Xusniddin Dusmamatovich, – katta o’qituvchi
  12. Ne’matova Nilufar Qayumovna,- katta o’qituvchi
  13. Shonazarov O’tkir A’zamovich, – katta o’qituvchi
  14. Nunnonova Gulzoda Bekpo’latovna, – katta o’qituvchi
  15. Xudjakulova Feruza Raxmatovna, –  katta o’qituvchi f.f.f.d (PhD)
  16. Sultonova Gulmira Mahmudovna, –  katta o’qituvchi
  17. Arziqulov Jamshid Xo’jaqulovich, – o’qituvchi
  18. Ashirov Vali Ilxomovich, – o’qituvchi
  19. Egamberdiyeva Nafisa Mustafayevna, –katta o’qituvchi f.f.f.d (PhD)
  20. Abduraimova Manzura Bahodirovna  – o’qituvchi

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi fani
Milliy g’oya targ’ibot texnologiyalari fani
Davlat va huquq nazariyasi va tarixi fani
Huquq sohalari (Jinoyat huquqi) fani
O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati fani

fan doktori, professorlar%
fan nomzodi, dotsentlar%
Katta o`qituvchilar%
O`qituvchi asistentlar%