60110600 – Matematika va informatika;
60112400 – Professional ta’lim: Axborot tizimlari va texnologiyalari (o’zb)
60540100 – Matematika
60540200 – Amaliy matematika
70110602 – Ta’limda axborot texnologiyalari
70110601 – Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (Matematika)
70540101- Matematika (yo’nalishlar bo’yicha)
Fakultet binosining umumiy sig‘imi 733 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 3 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 16 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari yetarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida resurslar hemis tizimida joylashtirilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 100 ga yaqin kompyuter, va 20 noutbuk (5 ta kompyuter sinfi), 6 ta videoproektor, 3 ta elektron doska mavjud.
Fakultetning 2025 yilda bitiruvchi kurs magistr 42 nafar, bakalavr kunduzgi 206 nafar, bakalavr sirtqi 291 nafar bakalavr kechki 32 nafar bo‘lib, shundan 47 nafar talabalar bitiruv malakaviy ishi bajarishlari rejalashtirilgan. Hozirgi kunda talabalar BMI uchun amaliy ishlarini bajarmoqda. Pedagogik amaliyotda bitiruv malakaviy ishlarini tugatib, tajriba sinov ishlarini amalga oshirishda davom etmoqdalar.
“Informatika” kafedrasiga oxirgi 3 yilda A.O.Norbekov, L.S.Isroilova, D.R.Ruziyeva, D.N.Xamroyeva, F.J.Toxirov falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini va U.M.Mirsanov esa fan doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2023-yilda Sh.N.Nasirova professorlik ilmiy unvonini oldi. M.Xoliqov, T.T.Ma’murov, Z.N.Xolmurodova va A.A.Jo‘rayevalar tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar.
Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlarini olib borib, maqola va tezislar chop etmoqdalar.
Kafedrada oxirgi 3 yilda jami 70 ta maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligidan 60 ta EHM uchun dasturiy mahsulot guvohnomalari rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda 10 ta darslik va 15 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.
Shu bilan bir qatorda kafedra qoshida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiya ro‘yxatiga kiruvchi “Elektron ta’lim” (ej.nspi.uz) ilmiy-uslubiy onlayn jurnal faoliyat olib bormoqda.
“Matematika” kafedrasiga oxirgi 3 yilda S.X.Xolikov, G.S.Sayfulloyeva, D.R.Mansurov falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
A.A.Axmatov, S.Rustamov, M.D.Farmonovalar tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar.
Kafedra o‘qituvchilaridan Oltiyev A.B. (2023), Gaffarova D.Sh. (2024)lar stajor-tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlarini olib bordilar.
Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida bir qator respublika va xalqaro jurnallarda maqola va tezislar chop etmoqdalar.
Kafedrada oxirgi 3 yilda jami 70 dan ortiq maqola va tezislar nufuzli mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligidan 50 ta EHM uchun dasturiy mahsulot guvohnomalari rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda 3 ta monografiya va 6 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘rganish bo‘yicha fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida tyutorlar haftaning har juma kunlari “Axborot va murabbiylik soati”ni namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Axborot xurujlari-yoshlar kelajagiga tahdid”, axborot texnologiylari xodimlari bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” mavzusida davra suhbatlari, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va kafedra talaba va professor-o‘qituvchilari ham unda faol ishtirok etishgan.
№ | Talabaning F.I.SH | Olimpiada yoki tanlov nomi | Nechanchi yilda | Ilmiy rahbar |
1 | Ro‘ziqulova Shahnoza | O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori | 2022 yil | dots.D.N.Ashurova |
2 | Ravshanova Gulhayo | “Kelajak bunyodkori” medali sohibi,
“Islohotlar bilimdoni – 2024” Respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi |
2023yil
2024 yil
|
p.f.d. (DSc). U.M.Mirsanov |
3 | O‘ktamova Ruxsora | “Navoiy” nomli davlat stipensiyasi sovrindori | 2023 yili | PhD F.J.Toxirov |
4 | Xo‘jamova Dilnoza | “Navoiy” nomli davlat stipensiyasi sovrindori | 2023 yili | dots.S.X.Abjalilov |
5 | Jumaqulov Kamron | “Navoiy” nomli davlat stipensiyasi sovrindori | 2023 yili | dots.v.b.S.S.Kuchkarova |
6 | Isroilov Nurshohruh | “O‘zbek jang san’ati” bo‘yicha sport ustasi
“O‘zbek jang san’ati” bo‘yicha O‘zbekiston chempioni
“O‘zbek jang san’ati” bo‘yicha Osiyo chempioni
“O‘zbek jang san’ati” bo‘yicha qora belbog‘ sohibi |
2023-yil
2023- 2024-yil
2023- 2024-yil
2024-yil |
p.f.d. (DSc). U.M.Mirsanov |
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.