Boshlangich ta’lim kafedrasi
Maktabgacha ta’lim kafedrasi
Umumiy pedagogika va psixologiya
60110400 – Boshlang‘ich ta’lim
60110200 – Maktabgacha ta’lim
70110401 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2008-yil 29-avgustdagi 161B UMI sonli buyrug`iga asosan “Boshlang`ich ta’lim uslubiyoti” nomi bilan tashkil topgan. Fakultet tarkibida “Boshlang`ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim” va “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedralari mavjud.
Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultetida 3 nafar fan doktori (DSc), 24 nafar dotsent, 6 nafar fan nomzodi, 3 nafar falsafa doktori (PhD), 72 nafar katta o`qituvchi va assistent o`qituvchi, jami 99 nafar professor-o`qituvchilar uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim – tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish bo‘yicha hududiy xalq ta’limi hamda o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlik dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Boshlang`ich ta’lim (o`zbek, rus, qozoq, qoraqalpoq) yo`nalishida 878 nafar, Maktabgacha ta’lim (o`zbek, rus) yo`nalishida 467 nafar, Maktabgacha ta’lim (kechki) yo`nalishida 100 nafar, Boshlang`ich ta’lim (Ikkinchi mutaxassislik) 187 nafar, Sirtqi ta’lim yo’nalishida 2972 nafar fakultet bo`yicha jami talaba 4604 nafar talaba tahsil olmoqda.
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi ilmiy tadqiqot ishlari. Jumladan, kafedra o‘qituvchisi Jo‘rayeva Gulshanoy Turdiyevna 09.00.03 “Jadid ta’lim falsafasining milliy mafkura taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbar O‘zMU professori, Madayeva Shaxnoza Omonullayevna falsafa fanlari doktori. Himoya qilish 2024-yilga rejalashtirilgan. Kafedra o‘qituvchisi Eshniyozova Gulhayo Hamroqul qizi 10.00.01 “Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo‘llangan badiiy san’atlarning lisoniy asoslari” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbar Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri f.f.d.(DSc), prof. Ernazarova Manzura Saparboyevna. Himoya qilish 2024-yilga rejalashtirilgan. Kafedra katta o‘qituvchisi Alimov Alisher Yarashevich 13.00.02 “Innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik malakalarini rivojlantirish” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbar O‘zR OO‘MTV huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish Markazining “Oliy ta’limning o‘quv jarayoni normativlari va muammolarini tadqiq etish laboratoriyasi” mudiri Prof. Tojiev Mamarajab . Himoya qilish 2024-yilga rejalashtirilgan. Kafedra katta o‘qituvchisi Yuldoshev Xolmirza Davronovich 09.00.03 “Najmiddin Kubro tariqatining falsafiy asoslari” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbari Samarqand davlat universiteti professori f.f.d S.K.Karimov. Himoya qilish 2024-yilga rejalashtirilgan. Kafedra katta o‘qituvchisi Ergashova Fotima Toyirovna 13.00.02 “Oliy matematika fanidan ta`limni boshqarishning elektron tizimlari uchun o`quv kontentlarini ishlab chiqish metodologiyasi” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbari Navoiy davlat pedagogika instituti Informatika o‘qitish metodikasi kafedra mudiri Dots. Ibragimov Alimjon Artiqbaevich. Himoya qilish 2024-yilga rejalashtirilgan. Kafedra o‘qituvchisi Norova Iroda Mirzag’olib qizi 13.00.02 “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida harf ko’rinishlarining shakllanishi, o’zgarish omillari va husnixat masalasi ” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbari Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri f.f.d.(DSc), prof. Ernazarova Manzura Saparboyevna. Himoya qilish 2024-yilga rejalashtirilgan.Kafedra o‘qituvchisi Omonboyeva Nursaule Erkin qizi 13.00.02 “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda izohli o’quv lug’atlaridan foydalanish (Ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning o’zbek tili darslari misolida)” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbar Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri f.f.d.(DSc), prof. Ernazarova Manzura Saparboyevna. Himoya qilish 2024-yilga rejalashtirilgan. Kafedra o‘qituvchisi Izbosarova Shaxnoza Bahriddinovna 10.00.02 “Oydin Xojiyeva, Zulfiya, Halima Xudoyberdieva dostonlarida lesik-semantik tahlil” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbar Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili kafedrasi Prof. Murodova Nigora Quliyevna. Himoya qilish 2024-yilga rejalashtirilgan. Kafedra o‘qituvchisi Kazbekova Fariza Pulatovna 13.00.02. “Ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish ” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbar Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri f.f.d.(DSc), prof. Ernazarova Manzura Saparboyevna. Himoya qilish 2025-yilga rejalashtirilgan. Kafedra katta o‘qituvchisi Najimova Amina Ismatillayevna 13.00.02 “Bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilarining mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbar Navoiy davlat pedagogika instituti p.f.d. (DSc), dotsent U.M.Mirsanov. Himoya qilish 2025-yilga rejalashtirilgan. Kafedra o‘qituvchisi Julanov Doniyor Qulmurotovich 13.00.02 “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan. Ilmiy rahbar Navoiy davlat pedagogika instituti p.f.n., dotsent T.Utapov. Himoya qilish 2025-yilga rejalashtirilgan.
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan.
– maktabgacha va boshlang’ich fakultetida nafar talabaga 8 ta tyutor biriktirildi.
– bugungi kunga fakultetda qadar faoliyat olib borayotgan tyutorlar bilan samarali faoliyat olib borishyapti.
– shu kunga qadar fakultetda 5 muhim tashabbus doirasida 14 ta toʻgarak tashkil etilgan:
– barcha toʻgaraklarga talaba yoshlar doimiy va ommaviy jalb etilgan.
1-tashabbus boʻyicha 3 ta, 2-tashabbus boʻyicha 3 ta, 3-tashabbus boʻyicha 2 ta, 4-tashabbus boʻyicha 2 ta va 5-tashabbus boʻyicha 4 ta toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, 5 muhim tashabbus diorasida jami 74 ta tadbirlar tashkil etilib mazkur tadbirlarga 2000 nafardan ortiq talabalar jalb etildi.
Jumladan, 2024-2025 o’quv yili davomida “Biz bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! ” shiori ostida bayram tadbiri, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, Navoiy garnizonidagi 20022-harbiy qismda 21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan»O’zbek tili-xalqimizni birlashtiradigan qudratli kuchdir», O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, “Yashil makonni birgalikda barpo etamiz”, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, “Balli qizlar!” ko‘rik-tanlovi”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri, “Ma’rifat maydoni” ko’rik tanlovi, “Art Day”, “Students party”, “Rektor kubogi”, “Kino kechasi”, “Munozara” “Shashlik day” ko’rik tanlovilari, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan. Hozirda fakultetda kunduzgi bo’limda 1257 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 125 nafari talabalar turar joyida yashaydi, 648 nafari ijarada yashaydi, 484 nafari o‘z uyida istiqomat qiladi. Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar tashkil qilingan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.