loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Magistratura bo’limi

F.I.O.Murodova Nodira Qulliyevna
LavozimiMagistratura bo'limi boshlig`i
Ilmiy darajasi va unvonii.f.d. professor
Telefon+998 79 225-29-54, +99890 739-59-37
E-mailinfo@nspi.uz

Navoiy davlat universitetida magistratura bo‘limi 2002-2003 yillarda tashkil etilgan.

  Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida kamida ikki yil (3 yil) davom etadi. Undagi tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasiga va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga yetkaziladi. Shu bilan birga institutning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, uzluksiz ta’limning yakunlovchi bosqichini davom ettirish mumkin. Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini  O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayrlash milliy dasturi”, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari va 2015-yil 2-martda qabul qilingan “Magistratura to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq yuritmoqda.

Magistratura bo‘limida 2024/2025 o‘quv yilida jami 335 nafar talaba o‘qiydi. Shundan, 1-kursda 18 ta mutaxassislik bo‘yicha  148 nafar talaba Navooiy davlat universitet rektori tomonidan 2024-yil 6-sentabrda tasdiqlangan  va 2-kursda 18 ta mutaxassislik bo‘yicha  100 nafar talaba  2023-yil 30-avgust oyida tasdiqlangan hamda 2-kurs (qishki qabul)da 17 ta mutaxassislik bo‘yicha  87 nafar talaba  o‘quv reja asosida  o‘qiydi.

1-kursda 148 nafar talabadan  77 nafar talaba Davlat granti asosida va 71 nafar talaba to’lov – kontrakt asosida  tahsil oladi. 2-kursda 100 nafar talabaning 58 nafari Davlat granti asosida va  42 nafari to’lov – kontrakt asosida hamda 2-kurs (qishki qabul)da 87 nafar talabaning 38 nafari Davlat granti asosida va  49 nafari to’lov – kontrakt asosida tahsil olmoqda.

 

Joriy o‘quv yilida Magistratura bo‘limida 17 ta kafedra hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. 2024-2025 o‘quv yilida institutning Magistratura bo‘limida tahsil olayotgan talabalarning 282 nafarini xotin-qizlardan iborat bo‘lib, talabalar umumiy sonining  84,2 foizini tashkil etadi.

Magistrlik dissertatsiyalariga universitet kafedralarining yetuk va ko‘p yillik pedagogik tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari talabalarning o‘z arizalariga muvofiq ilmiy rahbar etib tayinlangan va tadqiqot ishi olib borilmoqda.

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari qoidaga ko‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga va aniq amaliy vazifalarni hal etishga qaratilgan.