loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi

F.I.O.Xalikov Abdujabbor Xalikovich
LavozimiKorrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 91-332-70-70
E-mailhalikov_korrupsiya@mail.ru

  Navoiy davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5927-son Farmoni, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim Vazirining 2021-yil 28-iyundagi 281-son buyrug‘i hamda institut Rektorining 2021-yil 3-iyuldagi 307/AFO-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmonlari,  qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga, mazkur Nizom, universitetning ichki buyruqlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Bo‘lim o‘z faoliyatini universitetning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

– universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha maʼlumotlar tayyorlaydi;

– universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

– universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun universitet rahbariyatiga kiritadi;

– universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

– universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;

– universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining xatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish uchun universitet rahbariyatiga maʼlumotlar taqdim etadi;

– universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reyestrini yuritib boradi;

– davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;

– universitet xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va muammolar aniqlanganda barataraf etish uchun universitet rahbariyatiga tegishli takliflar kiritadi;

– universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari va talabalari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etadi;

– universitet faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadi;

– so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va taʼsirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;

– professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;

– universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;

– universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari hamda sabablarini o‘rganadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

– universitet rasmiy veb-saytining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;

– har chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda universitetdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida universitet rahbariyatiga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot taqdim etadi;

– komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari hamda ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Navoiy davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan ishlar bo‘yicha

MA’LUMOT

  Navoiy davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,  qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlari va Hay’ati qarorlari, mazkur Nizom, universitetning ichki buyruqlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etmoqda.

Jumladan, bo‘lim xodimlari tomonidan 2024/2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining bandlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining OTM, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, talabalar va boshqa xodimlar bilan profilaktik targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

2024-yilning shu davriga qadar universitetda korrupsiyaviy holatlar va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari va ularning ota-onalari o‘rtasida korrupsion holatlarni aniqlashga qaratilgan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan universitetga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni ishga qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyruqlari talablariga asosan manfaatlar to‘qnashuvini keltiruvchi omillarni oldini olish maqsadida tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnoma talablari asosida o‘rganib, natijalari yuzasidan xulosalar berish yo‘lga qo‘yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqildi. Ushbu Nizomga asosan talabalar orasidan huquqiy savodxonligi yuqori, o‘zining liderlik qobiliyatlarini namoyon eta oladigan talabalarni korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul targ‘ibotchi etib belgilash qismining ijrosini ta’minlash maqsadida barcha fakultetlarga topshiriqlar berildi. Mazkur topshiriqqa asosan korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul targ‘ibotchilar ro‘yxati shakllantirildi.

Universitetda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida bo‘lim tomonidan professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, barcha ishchi-xodimlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha manfaatlar to‘qnashuvini keltiruvchi sabablar bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Bunda asosiy e’tibor manfaatlar to‘qnashuvi, mahalliychilik, guruhbozlik, kabi illatlarning oldini olishga qaratildi.

Universitetda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida byudjet mablag‘larining sarflanishi va davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni universitetning rasmiy veb-saytiga joylashtirish tashkil etilib, amalga oshirilayotgan xaridlar, tenderlar, auksionga qo‘yish jarayonini, shuningdek, kontragentlarni tekshirib borish, bo‘lim xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarni, tenderlarni va auksionga qo‘yish jarayonlarini to‘liq nazoratga olish va ishtirok etishini ta’minlash belgilandi.

Manfaatlar to'qnashuvi bo'yicha namunaviy deklaratsiya 2024-yil