loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Informatika kafedrasi

F.I.O.Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvoniDSc, dotsent
Telefon+998 97 433-07-59
E-mailuralboynavoiy@mail.ru
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

  Mazkur kafedra 2004 yilda “Informatika” kafedrasi nomi bilan “Matematik analiz va informatika” kafedrasi bazasida tashkil qilingan. “Matematik analiz va informatika” kafedrasi 1988 yilda tashkil topgan. Unga 1988 – 1993 yillarda t.f.n. I.S.Ortiqov, 1993 – 1997 yillarda t.f.n. B.J.Rajabov, 1998 – 2004 yillarda f.-m.f.n. R.A.Ro‘ziyev, 2004 – 2006 yillarda p.f.n. T.U.Utapov, 2007 – 2008 yillarda f.-m.f.n. A.A.Ibragimov, 2008-2014 yillarda Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasini f.-m.f.n. Sh.J. Xudoyorov, 2014-2019 yillarda kafedrani f.-m.f.n. G‘.R. Yodgorov, 2019-2020 yillarda “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri dots. A.Ibragimov, 2020-2021 yilda kafedraga dots. G‘.R.Yodgorovlar rahbarlik qilishgan. “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi nomi 2021 yildan “Informatika” deb nomlanib, 2021 yilning oktabr oyidan boshlab kafedrani p.f.d.(DSc), dots. U.M.Mirsanov boshqarib kelmoqda.

Tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirish;
2) O‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash.
Birinchi yo‘nalishda kafedra professor-o‘qituvchilaridan dots. A.A.Ibragimov, t.f.d., prof. Sh.N.Nosirova, f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, f.-m.f.n., dots. G‘.R.Yodgorov, PhD D.N.Xamroyeva, o‘qituvchilar T.T.Jo‘raqulov va T.Mamurovlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ikkinchi yo‘nalishda esa Dsc U.Mirsanov, dots. R.A.Ro‘ziyev, dots. T.U.O‘tapov, PhD A.O.Norbekov va PhD L.S.Isroilova, PhD M.A.Mahmudova, PhD F.J.Toxirov, PhD D.R.Djurayeva, katta o‘qituvchilar S.S.Qo‘chqorova, L.S.Qo‘ldoshev, M.U.Raymova, o‘qituvchilar F.D.Xodjaboyev, D.D.Djurayev, B.A.Yorqulov, D.E.Berdiyeva, D.R.Otaqulova, O‘.N.Hamroyevlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

“Informatika” kafedrasida jami 41 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan 14 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar: Dsc U.M.Mirsanov, dots. R.A.Ro‘ziyev, dots. O.O.Suvonov, dots. A.A.Ibragimov, t.f.d., professor Sh.N.Nosirova, dots. G‘.R.Yodgorov, dots. T.U.O‘tapov, PhD A.Norbekov, PhD M.A.Maxmudova, PhD L.S.Isroilova va PhD F.J.Toxirov, PhD D.R.Ro‘ziyeva, PhD D.N.Hamroyevalar. Kafedra ilmiy salohiyati 32 % ni tashkil etadi.

2023 yil kafedra ilmiy salohiyati yana oshdi, Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich “Uzluksiz ta’lim tizimida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (informatika) (pedagogika fanlari) fan doktori (DSc) dissertatsiyasini hamda Xamroyeva Dilafro‘z Namozovna 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligi bo‘yicha “Berilganlarning interval aniqmaslik shartida algebraik xos qiymat muammolarini yechish algoritmlari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qildi.

“Informatika” kafedrasi Respublikamizning ko‘pgina OTMlari, jumladan, O‘zMU, TDPU, TATU, SamDU, Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti, O‘zFA huzuridagi Qori Niyoziy nomidagi PFITI, Matematika ITI, TATU huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsiya markazi bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bir necha yillardan buyon Rossiya FA Sibir bo‘limi tarkibidagi Hisoblash texnologiyalari ilmiy tekshirish instituti olimlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelinmoqda. QS reytingida dunyoning top 300 taligiga kiruvchi Novosibirsk davlat davlat universiteti (234-o‘rin) bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra katta o‘qituvchisi L.Qo‘ldoshev 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi grantini yutib, Lomonosov nomli Moskva Davlat Universitetida, 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi grantini yutib Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirish kurslarini o‘tab keldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022-yildagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-qarorida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Informatika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Sh.N.Nasirova, L.Qoʻldoshev, D.Jumayeva, T.Joʻrakulovlar 2024 yil 06-25 may kunlari Belorus milliy texnika universitetida “Axborot tizimlari va texnologiyalari. Jarayonlarni bashoratlash va monitoring qilish” mavzusida malaka oshirish kursida bo‘lib, 144 soatlik maxsus guvohnoma va sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Mazkur professor-oʻqituvchilar tomonidan Belorusiya milliy texnika universitetining talabalariga 12 soatlik dars mashg‘ulotlari ham o‘tildi.

L.S.Isroilova 2011 yilda Mirzo Ulugbek stipendiyasi, 2012 yilda “Kamolot” stipendiyasi sovrindori, Esonboyev Bunyod 2017 yilda I.Karimov nomli stipendiyaga sazovor buldi. Respublika miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadasida iqtidorli talaba Aktamov Shaxzod 2-o‘rinni egalladi. 2023 yilda iqtidorli va tadbirkor talaba Ravshanova Gulhayo Azamatovna «Kelajak bunyodkori» medali sohibasi, Jumaqulov Kamron hamda O‘ktamova Ruxsoralar “Navoiy” nomli davlat stipendiasi sovrindori bo‘lishdi.

2 nafar professor-o‘qituvchilar Z.N.Xolmurodova, A.A.Jo‘rayevalar chet tili fanidan milliy sertifikat (B2) ga ega. “Informatika” kafedrasi huzuridagi «Tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirish va o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash» nomli ilmiy-uslubiy seminari tashkil etilgan.

2020 yilda «Informatika” kafedrasining “Elektron ta’lim” ilmiy jurnali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 10 ga yaqin monografiya, 300 dan ortiq OAK e’tirof etgan Respublika jurnallarda ilmiy maqola, xorijiy jurnallarda 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, 200 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olindi. Informatika kafedrasi huzurida “Elektron kontentlar ishlab chiqish” ilmiy-uslubiy laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu laboratoriyada o‘quv jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot jarayonida foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilmoqda. dots.R.A.Ruziyev, dots.A.A.Ibragimov, S.S.Qo‘chqorovalar «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

Bakalavriat:

  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
  •  Informatika va raqamli texnologiyalar
  •  Dasturlash
  •  Algoritmlash asoslari
  •  Kompyuter tarmoqlari
  •  Informatika va raqamli texnologiyalar
  •  Zamonaviy dasturlash tillari
  •  Matematik va kompyuterli modellashtirish
  •  Web-dasturlash va dizayn
  •  Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnologiyalari
  •  Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi
  •  Bulutli texnologiyalar
  •  Elektron tijorat
  •  Pedagogik dasturiy vositalar
  •  Informatika o‘qitish metodikasi
  •  Matematik modellashtirish va sonli usullar
  •  Pedagogik dasturiy vositalar
  •  Tibbiyotda raqamli texnologiyalar
  •  Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash
  •  Dasturlash asoslari
  •  Informatikaning nazariy asoslari
  •  Algoritmik tillar va dasturlash
  •  Tibbiyotda axborot texnologiyalari
  •  Dizayn sohasida axborot texnologiyalari
  •  San’at sohasida axborot texnologiyalari

Magistratura:

  •  Pedagogik veb dizayn
  •  Ixtisoslashtririlgan dasturiy vositalar
  •  Python dasturlash tili
  •  3D texnologiyalar
  •  Ta’limda mobil texnologiyalardan foydalanish
  •  Axborotlarni izlash va ajratib olish
  •  Ta’limda axborot texnologiyalari
  •  Innovatsiyalar va loyihalarni boshqarish
  •  Algoritmlarni boshqarish va tahlil qilish

1. Mirsanov Uralboy Muhammadiyevich – DSc, dots.
2. Yodgorov G‘ayrat Ruziyevich – f.-m.f.n., dots.
3. Ruziyev Raup Axmadovich – f.-m.f.n., dots.
4. O‘tapov Toir Usmonovich – p.f.n. dots
5. Nosirova Shaira Narmurodova – t.f.d, prof.
6. Ibragimov Alimjon Artiqbayevich – f.-m.f.n., dots.
7. Suvonov Olim Omonovich f.-m.f.n., dots
8. Aloyev Raxmatillo Djuraevich – f.-m.f.d., prof
9. Lutfillayev Maxmud Xasanovich – p.f.d, prof.
10. Muminov Bahodir Boltayevich – t.f.d, prof.
11. Muxamadiyev Abduvali Shukurovich– t.f.d, dots.
12. Pulotov Abdurayim Murotovich – p.f.n. dots
13. Norbekov Azamat Ostanaqulovich –PhD.,katta o‘qitituvchi
14. Maxmudova Malohat Axmadovna –PhD.,katta o‘qitituvchi
15. Isroilova Lola Sunatovna PhD. –,katta o‘qitituvchi
16. Ro‘ziyeva Dilafruz Raupovna –PhD.,katta o‘qitituvchi
17. Toxirov Feruz Jamoliddinovich –PhD.,katta o‘qitituvchi
18. Xamroyeva Dilafruz Namozovna –PhD., katta o‘qitituvchi
19. Qo‘ldoshev Lutfullo Sadullayevich –katta o‘qitituvchi
20. Qo‘chqorova Surmaxon Suvonovna– katta o‘qitituvchi
21. Raymova Marfuga Umirzoqovna– katta o‘qitituvchi
22. Xodjabayev Farxod Davletbayevich– o‘qituvchi
23. Yorkulov Behzod Abdugapparovich– o‘qituvchi
24. Djurayev Davron Doniyorovich –o‘qituvchi
25. Shamsiddinov Fazliddin Axmadovich –o‘qituvchi
26. Juraqulov Tolib Toxirovich– o‘qituvchi
27. Absobirov Samariddin Qurbonovich– o‘qituvchi
28. Xamroyev Utkir Namozovich– o‘qituvchi
29. Axmedova Shaxlo Axmadovna– o‘qituvchi
30. Mamurov Ta’lat Tursunpo‘lotovich– o‘qituvchi
31. Xolmurodova Zuhra Nishonovna– o‘qituvchi
32. Qilichev Xudoynazar Aliboyevich o‘qituvchi
33. Arziqulov Husan Normurodovich –o‘qituvchi
34. Juraboyev Almir Jamshidovich– o‘qituvchi
35. Navruzov Baxtiyor Ixtiyorovich– o‘qituvchi
36. Otaqulova Durdona Raxmonovna– o‘qituvchi
37. Jo‘rayeva Aziza Akramovna– o‘qituvchi
38. Jumayeva Dilafruz Narmurodovna– o‘qituvchi
39. Raximov Furqat Akbaraliyevich– o‘qituvchi
40. Abayev Nurliboy Asat o‘g‘li– o‘qituvchi
41. Xudoyberdiyeva Shoira Toirovna o‘qituvchi

Professor - o`qituvchilar soni 41
fan doktori, professorlar4
fan nomzodi, dotsentlar14
Katta o`qituvchi va assistent o`qituvchilar29
Ilmiy salohiyat 40%