Joriy yilning 26-iyul kuni Navoiy davlat pedagogika instituti va Belorussiyaning Polotsk davlat universiteti rektorlarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Onlayn uchrashuvda ikki oliygoh oʻrtasida olib borilayotgan koʻp qirrali hamkorlikning bugungi kundagi samarali natijalari va ushbu hamkorlikni davom ettirish, yangi oʻquv yilida qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim yoʻnalishlariga talabalarni qabul qilish, professor -oʻqituvchilarni stajirovkaga yuborish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil qilish masalalari haqida soʻz yuritildi.
Onlayn uchrashuvda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor D.Narzikulova, Rus va qozoq filologiyasi fakulteti dekani D.Shamsiyeva, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi M. Saidova, Polotsk davlat universiteti rektori Yu.Romanovskiy, Gumanitar fakulteti dekani A. Radyuk, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi O. Juravskayalar ishtirok etishdi.