Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlarida
talabalarning davomati to‘g‘risida
M A ' L U M O T

Institutda talabalarning davomati va o‘zlashtirishiga o‘quv yili davomida jiddiy e’tibor qaratilib, 2017-2018 o‘quv yilining mart-aprel oylarida institut talabalarining o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi o‘rtacha 98,8 % ni tashkil etdi. Uquv intizomini masalasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 28-oktyabrdagi “Ota-onalar kuni”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 230-sonli va institut rektorining 2013-yil 7-noyabrdagi buyruqlari asosida 2017-2018 o‘quv yilida ota-onalar yig‘ilishlarini o‘tkazish rejasi tadbirlariga kiritilib, har 3 (uch) oyda bir marta o‘tkazilayotgan ota-onalar yig‘ilishlarida muntazam ko‘rib borish yo‘lga qo‘yildi. Talabalar davomati institut o‘quv bo‘limi, ichki nazorat va monitoring bo‘limlari tomonidan qat’iy nazoratga olinib, har bir juftlik mashg‘ulotlarda talabalar davomati kun oxirida o‘quv bo‘limida tahlil qilinib borilmoqda.
Talabalar davomati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 26-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar davomatini oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 50-sonli buyrug‘i talablari asosida olib borilmoqda. Institut rektorining 2009-yil 28-fevraldagi “Institut talabalari davomatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 42 UMI sonli buyrug‘i chiqarilib, fakultetlarda talabalar davomatini o‘rganish bo‘yicha 6 kishidan iborat komissiya tarkibi tuzilgan va komissiya a’zolarining vazifalari belgilab berilgan. Fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga quyidagi vazifalar yuklatilgan: 
-talabalar davomatini monitoringini doimiy olib borish va eng yuqori davomat, o‘zlashtirish va sifat ko‘rsatkichlariga erishish; 
-fakultet va kafedra yig‘ilishlarida davomati va o‘zlashtirishlarini muntazam muhokama etib borish va natijasini fakultet va kafedra yig‘ilishi bayonnomasida qayd etilishini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.
Talabalarning davomati fakultetlarda va mutaxassis chiqaruvchi kafedralarda tizimli ravishda o‘rganib borilmoqda. Bundan tashqari o‘quv bo‘limida har bir fakultetlarda talabalar davomati va darslarning talabga muvofiq o‘tilishini nazorat qilib borish bo‘yicha mas’ul xodimlar tayinlangan. Bu mas’ul xodimlar tomonidan har kuni fakultetlardagi talabalar davomati har bir smena bo‘yicha alohida-alohida olib boriladi va o‘quv bo‘limida umumlashtirilib, monitoring natijalari olib borilmoqda.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus