BARCHA TA’LIM YO’NALISHLARIDA BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINING BAJARILISH HOLATI HAQIDA  

M A ‘ L U M O T

    2015 yil 13 noyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutining “Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tasdiqlash hamda ilmiy rahbarlarini tayinlash to’g’risida”gi  424G’AFO – sonli ichki buyrug’i chiqarildi.

Bitiruv malakaviy ishni bajarish oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.

Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagi beshta bo’limdan iborat:

  1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari.
  2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi.
  3. Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish.
  4. Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi.
  5. Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish.

Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad:

       Navoiy davlat pedagogika institutida 19 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishi bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzulari aniqlanib, ilmiy rahbarlari tayinlandi. BMIlarga rahbarlik qilishda institutimizning etakchi ilmiy daraja va unvonga ega bulgan professor-o’qituvchilar jalb qilingan. Talabalar pedagogik  amaliyot davomida  BMI va MD larning asosiy manbalarini to’plashda bevosita mutaxassislarning tajribalari, taklif va muloxazalaridan keng foydalanib, o’qitish metodikasi doirasida yangi axborot pedagogik-texnologiyalarni  joriy etgan holda asosiy BMIlarni bajarib kelmokdalar. Barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitiruv malakaviy ish bajarish yuzasidan nizomlar, metodik qo’llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur metodik materiallar bakalavriat bitiruvchi kurs talabalari e’tiboriga havola etilib, tadqiqot ishlarini bajarish uchun yo’llanma berilmoqda.


    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BAKALAVRIAT TA`LIM YO`NALISHLARI  BITIRUVCHI KURS TALABALARINING

BITIRUV MALAKAVIY ISH MAVZULARI VA ILMIY RAHBARLARI    

     2018-2019 o`quv yili  ( 411KB)

 

 

 

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus