Bo‘lim boshlig‘i

Telefon : (8 436) 225-19-37,

Bo`lim manzili:  Navoiy shahri ibn Sino ko`chasi 45 uy , 2-qavat,  210-xona

 

 

 

 

 

Ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo’limi – Ma’naviyat, ma’rifat jamoatchilik markazlarini tashkil etish, ularning faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko’rsatilgan maqsadlarini ruyobga chiqarish, belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida institutda 1996-yilda Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashkil etildi. Bo’lim tomonidan institutda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirib boradi. Rejalar, chora-tadbirlar va manzilli dasturlar tuzish, tadbirlarni yuksak saviyada tashkil qilish va o’tkazishda fakultet hamda kafedralarga metodik yordam beradi. Institutdagi jamoat tashkilotlari, guruh va klublar bilan viloyat, tuman va shaharlardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlari, turli tashkilotlar, korxonalar, muassasalar bilan shu sohada hamkorlikni amalga oshiradi.

1997-yildan boshlab bakalavriyat yo’nalishlari, magistratura mutaxassisliklarida “Ma’naviyat asoslari” fani o’qitiladi, fakultetlarda har oyda haftaning bir kuni “Ma’naviyat kuni” sifatida belgilangan. 2006-yildan boshlab har haftaning juma kunida “Axborot soati” muntazam o’tkazib boriladi.

Institutda 2005-yildan buyon ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’limi tashabbusi bilan viloyat Ma’naviyat-ma’rifat kengashi hamkorligida viloyat, shahar, tuman tashkilotlari ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha ishchi-xodimlarning 10 kunlik malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

Shu jumladan institutning ma’naviy-axloqiy va tarbiya bo’limining asosiy yo’nalishlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

– ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirish;

– shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash;

– diniy bilim va madaniyat (diniy toleteranlik)ni shakllantirish;

– siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirish;

– ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish;

– sog’lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni shakllantirish;

– mafkuraviy immunitet va g’oyaviy kurashchanlikni shakllantirish;

– milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlar tavallud kunlarini nishonlash;

-aholining turli tabaqalari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarini olib borish;

-ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar;

-talabalarning siyosiy va huquqiy ongi hamda madaniyatini yanada   yuksaltirish borasida o’tkazilgan tadbirlar;

-g’oyaviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirish va diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar;

-talabalarning badiiy-estetik ongini shakllantirish, mumtoz va zamonaviy san’at durdonalari bilan tanishtirishga doir olib borilgan ishlar;

-talaba-yoshlarda kasbga muhabbat tuyg’ularini shakllantirish borasida o’tkazilgan tadbirlar;

-talabalarda sog’lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish, ularni sport va sog’lomlashtirish ishlariga keng jalb etish borasida o’tkazilgan tadbirlar;

-talaba-yoshlar o’rtasida qonunbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar;

-talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy tadbirlar

Ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo’limining vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

So’ngi yillarda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’limi o’z faoliyatida quydagilarga e’tiborni kuchaytirdi:

– talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, nutqlari, intervyularida jamiyat hayotidagi islohotlarning tub mohiyatini anglash, erkin fuqarolik jamiyatini yaratish, tarixiy, ma’naviy-madaniy qadriyatlarimizni o’rganish va asrash bilan bog’liq ilg’or fikr va mulohazalarni keng targ’ib qilish;

– talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, huquqiy, iqtisodiy, yekologik madaniyatni yuksaltirish;

– davlatimizning oqilona ichki va tashqi siyosatdan doimo xabardor bo’lish, ekstrimizm, terrorizm, narkomaniyaga qarshi kurashish, huquqbuzarlik va qonunbuzarlikning oldini olish;

– ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoya yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ’ib qilish;

– xotin-qizlar va bolalar sportini rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish va mazkur yo’nalishlardagi tadbirlarda faol ishtirok etish;

– talaba-yoshlarning amalga oshirilayotgan islohotlarga kengroq targ’ib qilish, ularda tashabbuskorlik, yetakchilik, rahbarlik malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish

Ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo’limida boshliq va metodist faoliyat olib boradi.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus