Bo’limi boshligi

i.f.n.dots. N.Q.Murodova

Elektron manzili: kullievna-6301@mail.ru 

Telefon : (0 436) 225-29-54, (99890) 739-59-37

Bo`lim manzili:  Navoiy shahri ibn Sino ko`chasi 45 uy , 1-yogoch bino,  2-qavat

 

 

 

      Navoiy davlat pedagogika institutida  rektor , professor Rahmonov Ravshan Rahmonovich, ilmiy ishlar prorektori  dotsent Ro’ziyev Rauf Axmatovich   rahbarligida   2002-2003-o’quv yilida“Magistratura” bo’limi tashkil etilgan. 2006-yildan boshlab alohida bo’lim sifatida faoliyat ko’rsata boshladi.  Bo’lim  jamoasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim  to’g’risidagi ” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 10- sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura  faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 190-sonli qarori talablariga , Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2007- yil 29- dekabrdagi “Magistratura to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risidagi” 269-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risida”gi Nizomga va unga vazirlikning 2010-yil 28-maydagi “Magistratura to’g’risidagi Nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi 206-sonli buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritilgan va qayta tasdiqlangan Nizomga, 2012- yil 18-dekabr 2405-sonli  O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Magistratura to’g’risida”gi Nizomga, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015- yil 2-martdagi “Magistratura to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risidagi” 36-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risida”gi  Nizomga  hamda Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlariga, Navoiy davlat pedagogika institutining Ustaviga va magistratura bo’limining ish rejalariga  asosan faoliyat olib bormoqda

      Magistraturada 2006-2008 yillarda f.f.n.Qodirov Kamol Namozovich bo’lim boshlig’i bo’lib faoliyat yuritdi. 2008-2013 yillarda f.f.n.Ashurov Baxshillo Sharopovich, 2013- yilda f.f.n.Jumayev Zafar , 2014- yilda k.f.n.Karimova Dilorom va 2014-2015 yil mart oyigacha katta o’qituvchi Hasanov Shermamat Raxmatullayevlar boshqarganlar 2015-yildan buyon iqtisod fanlar doktori, professor Murodova Nodira Qulliyevna boshchiligida  ijobiy natijalarga erishmoqdalar.

Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini  O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayrlash milliy dasturi”, Oliy ta’limning 2015 yildagi Davlat ta’lim standartlari va 2015 yil 2 martda qabul qilingan “Magistratura to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq  yuritmoqda.

Magistrlik dissertatsiyalariga institut kafedralarining yetuk, ko‘p yillik pedagogik tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari talabalarga dars berib kelmoqdalar.Shu jumladan

 Fan doktori, professor   -  7 ta

 Fan nomzodi, dotsentlar  -  37 ta

 Fan nomzodi, katta o‘qituvchilar -  29 ta

       Magistratura bo‘limida iqtidorli talabalar tahsil olishi barobarida, ilmiy pedagogik faoliyat bilan birga ijodiy yutuqlarga erishish borasida ham sa’iy harakatlar olib borilmoqda.  Jumladan, 1 bosqichda   3 nafar va  2 bosqichida  1 nafar nomdor davlat stipendiyatlari, fan olimpiadasi g‘oliblari, 1 nafar Prezident stipendiyasi sovrindori tahsil olmoqda. 

  2003-2019-yillar davomida magistratura bo‘limida taxsil olgan magistrlardan 9 nafari fan nomzodi va falsafa fanlar doktori (Ph.D) yokiy unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarni olishdi.

  2018-2019-o’quv yilida 14 ta mutaxassislikka 82 nafar talabalar qabul qilindi. 2019-2020-o’quv yilida 17 ta mutaxassislikka 78 nafar talabalar qabul qilindi.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus