Bo‘lim boshlig‘i: 

Shodiyev Raxmiddin Ro'ziboyevich

Telefon: (8 436) 225-29-93

 

 

 

 

 

Marketing xizmatlari bo‘limi faoliyati haqida ma’lumot

  Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi mehnat kodeksi va amaldagi qonunchilik va ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish ko‘radi. Marketing xizmati bo‘limi oliy ta’lim muassasasi rektori tasarrufida bo‘lib, bo‘lim Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi 48-sonli “Ta`lim xizmatlari ko`rsatish bozorni shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari  to`g`risida”gi Qarori, Oliiy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 1998 yil 3 fevraldagi 12-sonli buyrug`iga asosan 1998 yil 1 iyulda tashkil etildi va bugungi kungacha “Marketing xizmati bo‘limi” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Marketing xizmati bo‘limi maqsad va vazifalari:

OTMda tayyorlangan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish;

Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portefeli”ni shakillantirish;

Iste’molchilarni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish;

Har yili belgilangan muddatda vazirlikning maxsus komissiyasiga OTMlarining joriy yildagi bitiruvchilari to‘g‘risida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etish;

Pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etish hisobiga bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoshliligini oshirish:

Bitiruvchini ishga taqsimlashda iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda e’tiborga olinishiga erishish;

To‘lov shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar yoki ishlab chiqarish korxonalari bilan turli xildagi shartnomalar tuzish;

Oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilarini (grant asosida) ta`lim muassasasini bitirganlaridan so`ng ishga taqsimlangan joyida  kamida 3 yil ishlab berishi zarurligi to‘g‘risida shartnomalar tuzish;

Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga ta`lim muassasasini bitiruvchilari to`g`risidagi ma’lumotlarni ta’lim yo‘nalishlari  bo‘yicha,(mutaxassisliklar kesimida) ommaviy axborot vositalari orqali  e’lon qilish;

Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar asosida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta`minlanishiga mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko’maklashish  va bitiruvchi talabalarni ish bilan ta`minlanishi to`g`risidagi axborotlarni o`z vaqtida tegishli tashkilotlar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;

Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchi talabalarning xalqaro ko‘rgazmalar va mehnat yarmarkalarda muntazam ravishda ishtirok etishini ta’minlash;

Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga bo’lgan ehtiyojlar to`g`risida muassasasining ichki hisobotini yuritish va tashkil etish, marketing xizmati bo‘limining yillik hisobotini tayyorlash.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus