2018 yilning ikkinchi choragi davomida institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 20- apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, xorijiy OTMlarga magistratura va doktoranturaga o‘qishga yuborildi. Jumladan, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Xo‘janazarova Koreya davlatining Gachon universitetiga doktoranturaga qabul qilindi. (01.03.2018 dan 01.03.2022 gacha).

Ingliz tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishida tahsil olgan To‘ychiboyzoda Sidmuhammad Buyuk Britaniyaning Rohempton universitetiga,  Fizika-astronomiya o‘qitish metodikasi ta'lim yo‘nalishi bitiruvchisi Adizov Sardor Rossiyaning Yadro fizikasi institutiga (MIFI)  magistratura dasturi bo‘yicha o‘qishga yuborildi. (01.03.2018 dan 01.03.2020 gacha).

Ingliz tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishida tahsil olgan Sharopova Munisa Koreya davlatining Gachon universitetiga magistraturaga qabul qilindi. (01.03.2018 dan 01.03.2020 gacha).

 “Iste'dod jamg‘armasi” vasiylik Kengashining2018 yil 9-martdagi 2-son yig‘ilish bayoni 2-ilovasiga asosan 6 nafar professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Iste'dod” jamg‘armasi tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2017/2018 o‘quv yilida Buyuk Britaniyaning NILE (Norij til o‘qitish instituti)da malaka oshirib qaytdilar.

“Chet tillar” fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi M.G.Burxanova Tashqi ishlar vazirligining Mashav dasturi bo‘yicha tashkil etilgan “New pedagogiss in the 21st century -for Higher Education Teachers” (XXI asrda yangi pedagogika - oliy ta'lim professor-o‘qituvchilari uchun) ta'lim dasturi bo‘yicha Isroil elchixonasi qoshidagi  “A.OFRI” xalqaro ta'lim markazida 2018- yilning 25-noyabridan 14 dekabrigacha  malaka oshirish kursida  ishtirok etib qaytdi. Ushbu markazda ingliz tili darslarini oliy ta'lim tizimida to‘g‘ri tashkil etish va tahlil qilish, institutlar o‘rtasidagi fan va ilmiy tadqiqotlar almashinuvi borasidagi bilimlarni mustahkamlab, yangi metod va ilg‘or tajribalarni o‘rganib qaytdi.  NavDPI professori S.A.Imomkulov Boshqirdiston davlat universitetida tashkil etilgan  “Студенческие школы” ta'lim dasturi bo‘yicha  taklif qilindi va tashkil etilgan ta'lim dasturida  ikki haftalik o‘quv mashg‘ulotlarida o‘z ma'ruzalari bilan qatnashib keldi. Ushbu ta'lim dasturi o‘quv mashg‘ulotlarida 4-kurs talabasi N.Akramov va doktorant  N.Ibodullayevalar ham ishtirok etdilar.

Liyepaya davlat universiteti (Latviya) bilan hamkorlik doirasida xalqaro fondlar va tashkilotlar tomonidan e'lon qilinadigan grant dasturlarida ishtirok etish va ta'lim dasturlari bo‘yicha tashkil etilgan seminar treninglarda institut delegatsiyasi bevosita qatnashib kelmoqda.

                                 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.09.2018 yilda PF-5545 sonli farmoni bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi. Unga asosan, xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 05.01.2019 yildagi № 87-03-14 sonli xatiga javoban O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun    institutning 40 nafardan ziyod nomzod professor-o’qituvchilari  hujjat  topshirdi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi 1-stipendiya tanlovining natijalariga ko’ra 4-bosqichiga 12 nafar nomzodlarning hujjatlari qabul qilindi.

 

Nomzodning F.I.SH. Ta'lim shakli Ustuvor mutaxassislik Ish joyi va lavozimi Таnlagan xorijiy OTM Ta'lim tili Jami ball
1 Boltayeva Gulchehra Shokirovna Stajirovka Filologiya va tillarni o'qitish O'zbek tili kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.n. Moskva davlat pedagogika universiteti Rus 89,7
2

Davlatova Ra’no Haydarovna

Malaka oshirish Maktabgacha ta'lim Maktabgacha ta'lim kafedrasi kafedra mudiri Qozon Federal universiteti Rus 71
3 Qo’ldoshev Lutfullo Sa’dullayevich Malaka oshirish Аmaliy matematika va axborot texnologiyalari Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Astraxan davlat universiteti Rus 64,4
4 Sanoyeva Surayyo Bobonazarovna Malaka oshirish Maktabgacha ta'lim Маktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Qozon Federal universiteti Rus 61
5 Аxmedova Sarvinoz Azatovna Malaka oshirish Boshlang'ich ta'lim Jismoniy madaniyat kafedrasi katta o'qituvchisi Moskva davlat pedagogika universiteti Rus 61
6 Yuldashova Malika Berdiyarovna Doktorantura Маtematika va tabiiy fanlar (biotexnoligiya) Biologiya o'qitish metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Astraxan davlat universiteti Rus 66,1
7 Yo’ldosheva Umida Usmonovna Malaka oshirish Xorijiy til va adabiyoti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi NILE (Norvich til o'qitish instituti) Ingliz 78,6
8 Raximova Nodira Kamolovna Malaka oshirish Filologiya va tillarni o'qitish Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi NILE (Norvich til o'qitish instituti) Ingliz 83,9
9 Xolibekova Omongul Kenjaboyevna Malaka oshirish Filologiya va tillarni o'qitish Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi NILE (Norvich til o'qitish instituti) Ingliz 63,8
10 Istamova Dilnoza Sa’dulloyevna Malaka oshirish Xorijiy til va adabiyoti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi NILE (Norvich til o'qitish instituti) Ingliz 70
11 Po’latova Zubayda Abduraupovna Malaka oshirish Xorijiy til va adabiyoti Fakultetlararo chet tili kafedrasi o'qituvchisi Маyns universiteti Nemis 88
12 Nazarov Nazirjon Narzilloyevich Doktorantura Iqtisodiyot Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Каngvon Мilliy universiteti Ingliz 62,5

 

 

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus