Navoiy Davlat Pedagogika instituti so‘nggi yillarda xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.Institut ilmiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik aloqalarni kengaytirish maqsadida institutning Xalqaro hamkorlik faoliyati kengaytirilib,2017-18 o‘quv yili davomida Moskva pedagogika davlat universiteti, Tver davlat universiteti, Astraxan davlat universiteti, Tolyatti davlat universiteti, Liyepaya universiteti (Latviya), Gochon davlat universiteti (Koreya), Qozog‘iston davlat qizlar pedagogika universiteti, Tojikistonning Panjikent pedagogika instituti, Manas nomidagi Qirg‘iziston davlat pedagogika universitetlari bilan o‘zaro manfaatli ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

     

     Tver davlat pedagogika universiteti bilan tuzilgan shartnoma asosida Maktabgacha ta'lim va Ta'lim menejmenti yo‘nalishlarida akademik almashinuv dasturi tuzish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv amalga  oshirilmoqda.Tver davlat universiteti bilan hamkorlikda “Традиции и новации в профессиональной подготовке и деятельности педагога” mavzusida  2019 yil mart oyida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi belgilab olingan.Navoiy davlat pedagogika instituti “А.S.Pushkin nomidagi Brest davlat universiteti” bilan hamkorlikda oliy ta'lim, fan va ilmiy tadqiqodlar sohasini rivojlantirish hamda professor-o'qituvchilarning akademik almashinuvi, hammualliflikda  ilmiy-uslubiy nashrlar tayyorlash, chop etish, onlayn ma'ruzalar va konferensiyalar tashkil qilish bo'yicha hamkorlik aloqalari rejalashtirilgan.                                    

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus