Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtlaridan unumli va foydali o‘tkazish maqsadida. Yotoqxonada turli xil tugaraklar, badiiy kechalar, qiziqarli shoular, ommaviy sport tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bularga misol qiladigan bulsak mamlakatimiz prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevining 2017-yil 12-yanvardagi  “Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoolasini va kitob madaniyatini oshirish xamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” gi  farmoyishini amalga oshirish maqsadida  TTJda 3-bosqichdan iborat bo‘lgan  “Zukko kitobxon” nomli kitobxonlik  tanlovi o‘tkazildi. Natijada talabalarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanildi va talaba yoshlarning kitobga bo‘lgan e'tibori yanada oshirildi.

                         

                         

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus