loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati

 Institut axborot-resurs markazida «O‘zbekiston Respublikasida 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31 yilligi bayrami» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda Navoiy viloyat Mudofa bo’limi padpolkovnigi M.SHermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoyishi yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar shuningdek Xatirchi tumanidagi 14 va 19 maktabda qilingan ishlar yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o’tdi.

  

Xususan, o‘quvchi-yoshlarni harbiy kasblarga yo‘naltirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Mard askar – yoshlarga namuna!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini, harbiy qism va muassasalarda ochiq eshiklar kunini, umumta’lim maktablarida “Vatanparvarlik darslari”ni o‘tkazish, Navoiy shahri va viloyatlardagi muzeylarga ekskursiyalarni tashkil qilish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Posboniman muqaddas yurtning” mavzusida insho va she’riy asarlar tanlovi hamda “Mening armiyam – mening faxrim!” mavzusida “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” tanlovlarini o‘tkazish rejalashtirilganini aytdi.

Joylarda harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida “Amir Temur o‘g‘lonlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” va “Tumaris izdoshlari” ko‘rik-tanlovlarini, “Askar onalarini sharaflaymiz” va “Mening akam – Vatan himoyachisi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish belgilangan.

Bevosita mahallalarda, mamlakatimiz mustaqilligini himoya qilish va xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ko‘rsatgan qahramonliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida ular istiqomat qilgan mahallalarda “Qahramonlar nomi barhayot!” mavzusida davra suhbatlarini tashkil etish, harbiy xizmatchilar, mahalliy aholi va yoshlar o’rtasida sportning ommaviy turlari bo’yicha sport musobaqalarini o‘tkazish, harbiy-vatanparvarlik festivallarini tashkil etish hamda “Ma’naviyat karvonlari” tashrifini amalga oshirish rejalashtirilganini takidladi.

Albatta, bunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad: yosh avlodni, kelajagimiz vorislari bo‘lmish farzandlarimizni ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, jamiyatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.