loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruza tayyorlab, ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oliy Majlis palatalariga kiritadi. Milliy maʼruzaning maqsadi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan huquqiy, tashkiliy-amaliy hamda institutsional islohotlar natijalari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishdir.

U keng jamoatchilik, xususan, davlat organlari vakillari, mustaqil ekspertlar, reyting agentliklari, jamoat faollari, olimlar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun mo‘ljallangan. Bu yil Agentlik tomonidan uchinchi Milliy maʼruza tayyorlandi.

Milliy maʼruzalarning to‘liq matni bilan o‘zbek  va ingliz tillarida  ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.