loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligidagi yangi kitob tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-noyabrdagi Ozarbayjon Respublikasida bo‘lgan tashrif doirasida do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston-Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy xalqaro hamkorlik dasturlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida AMEA Nasimiy nomidagi Tilshunoslik instituti f.f.n.,dots. Xadicha Haydarovaning “Nasimiy tilida qo‘llangan onomastik birliklarning izohli lug‘ati” (tasavvuf va poetik onomastika) nomli (tarjimon: Norova Gulsanam) o‘zbek tiliga tarjima qilingan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kitob taqdimotida AMEA Nasimiy nomidagi Tilshunoslik instituti filologiya fanlari nomzodi ,dotsent Xadicha Haydarova hamda institutning katta ilmiy xodim izlanuvchisi Sevinch Safarova ishtirok etib, tarjima qilingan kitobda Sayyid Imodiddin Ali Nasimiyning ona tilidagi sheʼrlari hamda shoir asarlari tilidagi onimlar: onomalogiya mifologiyasi, antropologiya, toponimiya, zoonimiya, kosmonimiya, etnonimiya kabi ism nomining qiymati, dunyoqarashi tizim guruhlash shaklida tashkil etilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Ushbu kitob tarjimasi O‘zbekiston-Ozarbayjon ta’lim tizimidagi hamkorlikni yanada kuchaytiradi”, deydi filologiya fanlari nomzodi, dotent Xadicha Haydarova. — Zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. Tarjimaning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi. “Tarjima» termini bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi.

Zero, kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘’jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir.