loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ma’-naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

 Joriy yilning 28-avgust kuni Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida, Navoiy shahridagi 7532-son harbiy qism 2-bataliyoni harbiylari bilan hamkorlikda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda faxriylar, muzey xodimlari, muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi. Eng avvalo tadbir ishtirokchilariga: Mustaqillik – davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyatda koʻrsatishi. Mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalarda mustahkamlab qoʻyilgan.Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustaqilligini ham bildiradi. Mustaqil davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatishi to‘g‘risidagi ma’lumot keltirib o‘tildi. Shunday so‘ng tadbir ishtirokchilari muzeyga sayot davomida ham ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, jumladan:Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston ittifoqdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991-yil 31-avgust kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi qonun 17-moddadan iborat boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.

Oʻzbek xalqi oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqiga ega boʻldi, xalq davlat hokimiyatining birdanbir sohibi, egasi, xoʻjayini boʻlib qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yoʻl ochib berdi, oʻz milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.