Navoiy davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar, yangiliklar, Ota-onalar va OTM hamkorligi, o‘quv jarayoni, talabalar ta’lim sifatini oshirishda kredit-modul tizimining ahamiyati, HEMIS dasturidan foydalanish qulayliklari, talabalar davomati va fanlardan o‘zlashtirish ahvoli, talabalar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar, talaba qizlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar haqida so‘z yuritildi.