O‘zbek pazandachiligida somsapazlik qadimdan rivojlanib kelgan. Bu taomning varaqi somsa, ko‘k somsa, yalpiz somsa, qovoq somsa kabi ko‘plab turlari nozikta’b xo‘randalarni ham xushnud etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘ining 52-band ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 3-noyabr sanasida NavDPI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va tyutorlar tashabbusi bilan “Mazzali somsa” tanlovi tashkil etildi.
Unda iqtidorli, izlanuvchan, go‘zal talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar namoyishi, urf-odatlarimizdan: “Kelin salom” udumi, hunarmandchilikning milliy kashtachilik turidan lavhalar, milliy xalq o‘yinlari hamda pazandachilik qobiliyatlari namoyish etildi.