loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ota-onalar kongressi

 Tibbiyot fakulteti 1-2-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda avval fakultet rahbariyati, tyutorlari va yoshlar yetakchisi ta’lim muassasadagi o‘zgarishlar, talaba-yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g’risida to‘xtalib, talabalarning dars mashg’ulotlarida ishtiroki, odob-axloq kodeksi, institut ichki tartib qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan axborot berishdi.

  

Ota-onalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Shundan so‘ng, fakultet talabalari tomonidan tashkil etilgan “Ona” nomli psixologik video-rolik va ota-onalarni ulug’lovchi badiiy chiqishlar namoyish etildi.

  

Yig’ilish yakunida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim qilindi.