loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

OSH CHEMPIONATI

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2023 yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/24-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning KALENDAR REJASI 25-bandiga muvofiq, NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida «Osh chempionati» bo’lib o’tdi. Xalqimiz orasida “Mehmon kelsa pastga tush, palov bersa ahdga tush” degan naql bor. Darhaqiqat ushbu taom juda qadimgi milliy taomlarimizdan biri hisoblanadi. Ba’zi manbalarga ko’ra, palovning tayyorlanish uslubi eramizdan avvalgi 2-3-asrlarda qadimgi O’rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ommabop hisoblanadi… Talabalar tomonidan nafaqat milliy taomimiz boʻlgan palovxontoʻraning Samarqandcha, Buxorocha, Farg`onacha, Sofi osh, Ivitma palov kabi turlarining tayyorlanish jarayonlari bilan tanishildi, balki, ularning an’analarimiz, marosimlarimizni nechog`lik bilishlari, o`zbekona qadriyatlarga hurmat kabi sifatlari ham sinovdan o`tkazildi va oshpaz talabalarning mahoratiga baho berildi. “Fakultetimizning iqtidorli ijrochilari tomonidan uyushtirilgan konsert dasturi va qiziqarli chiqishlar yig`ilganlarni mamnun etdi. “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan “Milliy liboslar” namoyish tashkil etilishi, moddalar ko‘rgazmasi ham o‘tkazilshi va palovxonto`ra bahona madaniy hordiq, doʻstona suhbat, ustozlarning tashrifi tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi… Hakamlar hayʼati ishtirokchilarning qozon-oʻchoqlari atrofi tozaligi, ishlash tartibi, masalliqlarning tarkibi, ularni toʻgʻri tayyorlash, ijodkorligi va taom taqdimoti, sifati hamda koʻrsatkichlari boʻyicha baholab, g‘olib bo‘lgan g‘amda faol ishtirok etgan yoshlarni taqdirlandi. Bugungi bellashuv nafaqat talabalarni xursand qilish balki barcha yoshlarni oshpazlik borasidagi mahoratlarini ham sinovdan o‘tkazish bo‘ldi.”-dedi prof.I.Kamolov.