O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida” PQ-60-son qarorining 6-bandida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida hisobotlarni tayyorlashning qog’oz shaklidan voz kechish hamda ta’lim muassasasi o‘quv jarayonini avtomatlashtirish to‘g’risida batafsil tushuntirish berilgan.
Shu munosabat bilan, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i H.Shodiyev tomonidan San’atshunoslik va Tabiiy fanlar fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan hemis axborot tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va tizimda o‘quv jarayonini olib borilishi, reja va dasturlarni ishlab chiqish to‘g’risida tushuntirish olib borildi.
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i H. Shodiyev, boshqarma xodimlari N. Rajabova hamda B.Begmurodov bugun, 3 iyun kuni Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti yo‘nalishlarida o‘tkazilgan Yakuniy davlat imtixonlarini onlayn formatda kuzatib borishdi. Sirtqi bo‘lim, xodimlar bo‘limi boshlig’i hamda o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari bilan yig’ilish o‘tkazildi.
Yig’ilishda 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarining diplom va ilovalarini shakllantirish hamda o‘quv jarayoniga oid yakuniy davlat attestasiyasi, yakuniy nazoratlarning o‘tkazilishi va sirtqi ta’lim shakli talabalarining buyruqlarini xatlovdan o‘tkazish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.