loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Ommaviy diktant” aksiyasida institut talabalari faol ishtirok etdi

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamkorligida, “O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlab barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Oʻzbekiston kelajagi savodxon yoshlar qoʻlida” shiori ostida “Ommaviy diktant” aksiyasi oʻtkazildi.

Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan zamonaviy platforma — Tilbilig.uz sayti asosida o‘tkazilgan jarayonda Navoiy davlat pedagogika institutining talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Diktantlar Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan talabalarga taqdim etilgan maxsus qog‘ozlarda yozilib, endilikda yakuniy natijalar qayta platformaga yuklanadi va mualliflar o‘z savodxonlik darajalarini o‘z profillaridan bilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Bu aksiya yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targʻib qilish, oʻzbek tiliga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash hamda oʻzbek tili taʼlimini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega boʻldi.