loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyati baholandi

 Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jami 91 ta Oliy taʼlim muassasa (filial)lari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosar)larining faoliyati oʻrganilib, 2021-2022 oʻquv yili yakuni boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyati baholandi.

Ilmiy va innovatsion faoliyatni oʻrganish test hamda suhbat shaklida oʻtkazildi, shuningdek oliy taʼlim muassasalari tomonidan taqdim qilingan jadvallardagi maʼlumotlar tahlil qilindi.

Test savollari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan, 100 ballik tizimda baholandi. Test jarayonida ishtirokchilarning 14 nafari 56 balldan past, 57 nafari 71 balldan past hamda 19 nafari 71 va undan yuqori ballar toʻpladi.

E’tirof etish joizki, Navoiy davlat pedagogika instituti 91 OTM orasida 67 ball bilan 28-oʻrinni egalladi.