Navoiy davlat pedagogika instituti majlislar zalida “Oʻzbekistonda aralash saylov tizimi joriy etiladi” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi Tulegenova Aqshagul Abuyevna tashrif buyurib, Tarix fakulteti talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga, jumladan Qonunchilik palatasi saylovini aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida oʻtkazish tartibi kiritishi, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi.
Talabalar oʻz savollari bilan faol qatnashib, taklif, fikr-mulohazalarni bildirishdi, shu bilan birga ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.