Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bu – yordamga muhtojlarga ko‘mak berish, ularni holidan xabar olish, mehr-muruvvat ko‘rsatishdir. Inson qadri aziz bo‘lgan yurtimizda keyingi yillarda bu an’ana davlat siyosati da arjasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «…amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi». Kuchli ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Inson manfaati ulug‘lanayotgan yurtimizda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, ayniqsa, kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga yordam qo‘lini cho‘zish izchil davom etmoqda.
Yangi yil bayrami arafasida o‘zgalar yordamiga muhtoj, kam ta’minlangan va ijtimoiy reestirda ro‘yxatda turuvchi oilalar holidan xabar olish, ularga yordam ko‘rsatish, ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov tashabbusi bilan Navbahor tumanida yashovchi bir guruh oilalar xonadonida bayram munosabati bilan sovg’a-salomlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Qorbobo tomonidan esa bolajonlarga bayram sovg’alari topshirildi. Bundan shodlangan insonlar yurtimizga tinchlik, xonadonlarda yaxshilik tilab duo qilishdi, tashkilotchilarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.