O’tgan asrning 80-yillarida yangi kasallik sifatida “OITS” nomi bilan qayd etilgan kasallik, bugungi kunga kelib dunyoning barcha mamlakatlarida qayd etildi. Ushbu virus organizmning immun tizimiga mas’ul bo’lgan oq qon tanachalarining halokatiga olib keladi, natijada odam organizmi har xil kasalliklarga, shu jumladan yuqumli kasalliklarga, o’smalarga va odam uchun xavfli bo’lgan kasalliklarga beriluvchan bo’lib qoladi.
Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan «OIV infeksiyasidan saqlaning!» mavzusida talabalar bilan davra suhbati o’tkazildi. Unda Navoiy viloyati OITSga qarshi kurash markazi xodimlari, fakultet dekani, dekan muovinlari, tyutorlari hamda talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida mavzuga doir videorolik namoyish etilib, kasallikdan saqlanish to’g’risida alohida ko’rsatmalar berildi.