Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari G.Eshpo’latova, M.Po’latova hamda tibbiyot fakulteti xodimlari hamkorligida 2022 yil 1-dekabr kuni Tarix fakultetida “OITSga qarshi kurash” kuni munosabati bilan xotin qizlar bilan ishlash bo’yicha dekan maslahatchisi, dekan o’rinbosari, “Tarix” kafedrasi mudiri, professor-o’qituvchilari hamda fakultet tyutorlari tashkilotchiligida talabalar o’rtasida davra suhbati va targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda ko’rgazmali vositalar, videolavhalar hamda tarqatma materiallar yordamida OITSning salbiy oqibatlari talabalarga tushuntirildi. Talabalar tomonidan mavzu doirasida sahna ko’rinishlarini namoyish etishdi. Tadbir so’ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxasisslar tomonidan batafsil javoblar berildi.