Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida. huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, giyohvandlik va psixotrop vositalari va ularning tarqalishini oldini olish, shuningdek, giyohvandlik moddalarining salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Profilaktik tadbir davomida mas’ul xodimlar tomonidan mamlakatimiz qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan ishlar bo‘yicha ma‘lumotlar berildi.