“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi” doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida giyohvand moddalar savdosi bilan bog’liq yuzaga kelayotgan holatlar tahlil qilnib, giyohvandlik tushunchasi, ushbu ofatga qarshi kurashish chora-tadbirlari xususida ma’lumotlar berildi. Muloqot jarayonida mas’ullar tadbir ishtirokchilarining bir qator savollariga batafsil javoblar berishdi.
Ushbu jarayonda O’zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti vakillari ishtirok etdi.