loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Odob axloq – inson ziynati

  Hozirgi jadal taraqqiyot, globallashuv jarayonlari Yangi O‘zbekiston oldiga uning nurli kelajagini ta’minlaydigan, hayot sinovlarini munosib yengib o‘ta oladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdek zalvorli vazifani qo‘ymoqda. Bu, o‘z navbatida, bugun tarbiyalanayotgan yosh avlodning kelgusidagi axloqiy-ma’naviy qiyofasini, shaklu shamoyilini shakllantirishni taqozo etadi. Bunday sharafli vazifa yurtimizda uzluksiz ma’naviy tarbiya orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida odob-axloq va tartib intizom tushunchalari bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi. Suhbatda, avvalambor, insoniyat taraqqiyoti, tamadduniga munosib hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning yuksak tafakkur va donishmandlikka boy qadriyatlar tarbiyasiga hamda avlodimiz davomchilari – yoshlarimizga biz tomonimizdan beriladigan ibrat tarbiyasiga tayanilishi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. «Ezgu maqsadga ham, yuksak samaradorlikka ham tartib-intizom va odob-axloq tufayligina erisha olamiz…»-dedi fakultet tyutori L.Zoirova.