Davlat oliy taʼlim muassasalariaro hamda xorijiy va nodavlat muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz (davlat OTMlariaro) hamda my.uzbmb.uz (xorijiy va nodavlat OTMlaridan) platformalari orqali qabul qilinadi.
Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi:
- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;
- davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.