Mehr-muruvvat, saxovat va birodarlik insonning ziynatidir. Xalqimizda muhtojlarga, jismoniy zaiflikka ega boʻlganlarga mehr ulashish, ularga koʻmak berish va eʼtibor qaratish kabi olijanob fazilatlar bolalikdan tarbiyalanadi va bora-bora shakllantiriladi. Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti 1-kurs talabalari tomonidan Koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi. Unda maktab-internati o‘quvchilari uchun raqslar, qiziqarli viktorinalar va kuy qoʻshiqlar, shoular namoyish etildi.