loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDUda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab yangi — “Iqtisodiyot” hamda “Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik” kafedralari tashkil etiladi

 Navoiy davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yilining navbatdagi Ilmiy Kengash yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishni universitet rektori — Kengash raisi, professor Muxiddin Kalonov olib bordi.
Kun tartibidan 2 ta asosiy masala va bir nechta turli masalalar o‘rin olgan bo‘lib, 1-asosiy masala – Navoiy davlat universiteti akademik litseyida oʻquv-uslubiy, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy va maʼrifiy, xoʻjalik va moliyaviy masalalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, 2-asosiy masala – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4119-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 457-sonli Qarori ijrosi yuzasidan fakultet va kafedralarda amalga oshirilgan ishlar ijrosiga qaratildi. Bu bo‘yicha o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor T.Choriyev hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig’i I.Zaynutdinovning hisobotlari eshitildi.

Turli masalalarda, professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish, doktorlik dissertatsiya mavzularni tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni, shuningdek, monografiya, risola va o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish, qo‘shimcha to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan magistrantlarning tadqiqot mavzulari va ilmiy rahbarini tasdiqlash, xotin-qizlar maslahat Kengashining 6 (olti) oy davomida bajargan ishlari va boshqa bir qator turli yo‘nalishlarda mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Yuqorida ko‘rilgan har bir masala bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, vazifalar taqsimlandi.
Kengash yig’ilishida oliy ta’lim muassasalarining sifat va samaradorligini oshirishga ko‘mak bergan Respublika ishchi guruhi o‘rganish xulosasi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng kengash yig’ilishida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda Navoiy davlat universiteti Kuzatuv kengashi qaroriga asosan yangi prorektor jamoaga tanishtirildi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik masalalari, dual ta’lim tizimi, o‘tkaziladigan yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.