Navoiy davlat universiteti akademik litseyida 2023-2024 o‘quv yili xorijiy-filologiya yo‘nalishida tahsil olgan, o‘qish davrida xorijiy tillarni bilish bo‘yicha IELTS 7,5 ball darajaga hamda “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi sohibasi darajasiga erishgan, 10 ta xorijiy universitetlarga talaba bo‘lish baxtiga musharraf bo‘lgan o‘quvchi Usmonova Marjona hozirda oliygoh talabasi, Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetiga grand asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Marjona “El-yurt umidi” stipendiyasi sohibasi bo‘ldi, endi o‘qishni chet-elda davom ettiradi, AQShning nufuzli Cincinnati universitetiga tahsil oladi, ta’lim harajatlari to‘liq davlat tomonidan qoplab berilishi, bu bugungi kunda yoshlarga berilgan imkoniyatdan yana bir dalolat.