loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDPI jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda

Mamlakatimiz istiqlolining 33 yillik shodiyonalari munosabati bilan “Mahalla obod — yurt obod!” shiori asosidagi umumxalq xayriya hasharida Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Oliy ta’lim muassasasi hududi bo‘ylab ichki va tashqi maydonlarda tozalash-obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash kabi yumushlar uyushqoqlik bilan bajarilayapti. Hamjihatlik va koʻtarinki kayfiyatda oʻtayotgan hasharda har bir bo‘lim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etmoqda.