Navro’z qadimiy milliy bayrami 21-mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Navroʻz ayyomi munosabati bilan Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida ham bayram tadbirlari oʻtkazildi. 1-sonli talabalar turar joyi talabalari hamda fakultet jamoasi uchun doshqozonlarda sumalak solindi, osh damlandi. Mazkur tadbirga institut rektori B.Sobirov qatnashdi. Qo‘llar duoga ochilib, yaxshi niyatlar, tilaklar bildirildi.