Bugun faxr va iftixor bilan Alisher Navoiy asarlarini butun dunyo ahli o‘qib o‘rganmoqda deb ayta olamiz. Ulug‘ shaxsga nisbatan hurmat bajo keltirilmoqda. Navoiy shaxsiyatini butun dunyo kashf qilib kelmoqda.
Xalqning dardini o‘z dardi sifatida bilgan zotning nomi yuraklardan ketmaydi, uni o‘chirib bo‘lmaydi. Oradan 5 asrlik vaqt o‘tgan bo‘lsa hamki, ulug‘ bobomiz qoldirgan o‘lmas merosi bilan biz uchun ibrat namunasidir. She’riyati ko‘ngilga yaqin. Shu sababdandir balki, qay bir davrada bo‘lmasin Navoiy ijodidan bir parcha keltirilsa, jo‘r bo‘lishdan o‘zimizni to‘xtata olmaymiz. Viloyatimizda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.Ulug‘ bobomiz tavalludini keng nishonlash maqsadida bugun har qadamda, har bir maskanda shodiyona shukuhi. Ushbu sana yaqinlashib boshlashi bilanoq g‘azalxonlik, she’riyat kechalari avj olib ketadi.
Matematika-informatika fakulteti tyutorlari S.Ibragimova, G.Bozorovalar tomonidan Farhod madaniyat saroyiga qarashli kutubxonada ham mana shunday g’azalxonlik kechasi o’tkazildi. Unda talabalarimiz tomonidan Navoiy ijodidan parchalar tinglandi. Navoiyga oid videorolik namoyish etildi. Kuy va raqslar bugungi tadbirga yanada ko’tarinki ruh baxsh etdi desak mubolag’a bo’lmaydi.