Navoiy davlat pedagogika Institutida tahsil olgan Navoiylik yosh yozuvchi Ozod Mustafoning yangi asari nashr etildi. Ozod Mustafoev 2008-2012 yillarda O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida faoliyat yuritadi. Uning yangi asarida (Toshkent, “Sahhof” nashriyoti) qissa, hikoya, qatra, masal va mansuralar jamlangan.
Muallifning bir qator asarlari bugungacha “Sharq yulduzi”, “Ijod olami”, “Mushtum” jurnallari hamda “Kitob dunyosi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Yoshlar ovozi” gazetalari kabi adabiy nashrlarda e’lon qilingan. Yozuvchining “Shayx va sarxush” nomli hikoyasi 2021-yil xalqaro hikoyalar tanlovida yuqori o‘ringa loyiq ko‘rilgan.