Erta tongdan “Kimyogar“ oʻyingohi abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlari bilan toʻldi. Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilar, dekan va dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar test jarayonlariga qatnashadigan abituriyentlarning kirishlarida Milliy gvardiya, Ichki ishlar xodimlari bilan bir qatorda tartib-intizomni saqlashda faol xizmat qilishmoqda.
Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun salqin joylar ajratilgan hamda test jarayonlarini videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilish imkoniyati yaratildi.
Eslatib o‘tamiz: Navoiy shahrida 4 ta yopiq obyektda test jarayonlari bo‘lib o‘tadi:
- Navoiy shahridagi “Kimyogar“ sport majmuasi sport zali;
- Navoiy shahar 1-BO‘SMga qarashli minifutbol va kurash zali;
- Navoiy shahridagi Yakka kurash TISMga qarashli musobaqalar zali.