loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy viloyatida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilab olindi

   Joriy yilning 28-fevral, 2-mart kunlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Navoiy viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari va maktablardagi taʼlim sifatining holati va ularda yaratilgan sharoitlar oʻrganildi.

    

Oʻrganish davomida viloyatda taʼlim sifatini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, sifat va samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash tizimining raqobatbardoshligini oshirish bilan bogʻliq aniqlangan muammo, kamchiliklar va ularni bartaraf etish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi. Muhokamalar yakunida koʻtarilgan masalalar boʻyicha amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi hamda bu borada tegishli taklif va tavsiyalar berildi.