Imtihonlar Navoiy shahridagi Sugʻdiyona va Kimyogar o’yingohlarida o’tkazilib, bugun o’z nihoyasiga yetdi. Mazkur test jarayonlariga Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, xususan, institutimiz rektori Bahodir Sobirov boshchiligida professor-oʻqituvchilar, kasaba qo’mitasi raisi Normurod Bekmurodov, fakultet dekanlari va ularning oʻrinbosarlari, tyutorlar birgalikda munosib xizmat qildi. Ular Milliy gvardiya, Ichki ishlar xodimlariga tartib-intizomni saqlashlarida yordam berib, imtihon adolatli va xolis olib borilishida o’z mehnatlarini ayamadilar. Shu o’rinda, barcha abituriyentlarga omad tilab, quvonchli xabarlar bilan yaqinlarini xursand qilish baxti nasib etsin.